Get Mystery Box with random crypto!

Qonun loyihasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida lotin yozuv | Yosh ijodkorlar kengashi - Duel

Qonun loyihasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida lotin yozuviga asoslangan, 28 harf va 1 ta harflar birikmasidan iborat yangi o‘zbek alifbosi taklif etilmoqda.
Asosiy o‘zgarishlar: Gʻ => Ḡ ḡ, O‘ => Ō ō, Sh => Ş ş, Ch => Ç ç.

Alifbo to'g'risidagi qonun muhokamasida bildirilayotgan fikrlarni ilova qilyapman. Ushbu o'zgarishlar — tilimiz rivoji uchun muhim qadam, 30 yillik xatolarni tuzatish.

O'ziga noqulay bo'lgani uchun millat manfaatlarini inkor qilishdan tiyilaylik.

Alifboga siyosatni tiqishtirish sabab 1993-yilda lotin alifbomiz o'zgarishga uchragan, juda katta xatoga yo'l qo'yilgan. Bu o'zgarish o'sha xatolarni tuzatishga bir qadam, Bu qonun mukammal qabul qilinishi kerak, 10-20 yil o'tib yana o'zgarishlarga ehtiyoj sezilmasligi kerak.

Gʻ => Ḡ ḡ, O‘ => Ō ō turkchaga o'xshatmaslik uchun qabul qilingan bo'lsa, yana xato bo'lmoqda. Ḡ Ō o'rniga ĞÖ deyilsa elektron qurilmalarga o'zgarish kiritish qiyinchilik tug'dirmaydi.

Suhrob Ziyo

https://regulation.gov.uz/uz/d/31596