Get Mystery Box with random crypto!

Qo‘rqma! Bu kitob men, siz, ular umuman hammamiz haqimizda. | Yosh ijodkorlar kengashi - Duel

Qo‘rqma! Bu kitob men, siz, ular umuman hammamiz haqimizda.

Uni mutolaa qilishdan qo‘rqmang, o‘zingizni topishdan qo‘rqmang. Bilimga intilmasdan va nom-nishonsiz yo‘q bo‘lib ketishdan qo‘rqing... Biz keng koinotda kichik bir zarramiz, ammo har birimiz shu kichik zarrani yorib chiqa olishga qodirmiz! Asosiysi qo‘rqmang!


Muallifning maqsadi ham shu kitobdan o‘zimizni topish va uyg‘otish, millat uchun yashay boshlashga chorlashdir.


27-fevral kuni soat 15:00 Yoshlar ijod saroyida yosh ijodkor Javlon Jovliyevning "Qo‘rqma" kitobining eksklyuziv taqdimoti bo‘lib o‘tadi.

Barcha kitobxon do'stlarimizni va o‘zini topish istagida bo‘lganlarni taklif qilamiz.

Ro'yxatdan o'tish