Get Mystery Box with random crypto!

“Inna lillahi va inna ilayhi rojiʼun” bu duo emas, balki zikrd | Azizjon 😊

“Inna lillahi va inna ilayhi rojiʼun” bu duo emas, balki zikrdir.

Bizda kimdir vafot etganda ushbu zikrni aytish urf boʻlib qolgan. Aslida isterojni har qanday musibat yetganda aytish sunnat amaldir.

Kimdir vafot etganda ham bu zikrni aytish kerak, biroq ketidan duo ham qilish - nur ustiga nur.

Bu zikr hisoblanadi, duo emas, maʼnosidan ham bilsak boʻladi - “Biz Allohnikimiz va Oʻzigagina qaytajakmiz”.

Duoda esa “Alloh rahmatiga olsin”, “Joyi Jannatdan boʻlsin”, “Yaxshi amallarini oʻziga yoʻldosh qilsin” kabi va boshqa qalbingizdan har qanday gapni aytish durust.

Vafot etgan inson isterojdan koʻra, duoga koʻproq muhtoj boʻladi. Vallohu aʼlam.