Get Mystery Box with random crypto!

IIV ShXBB Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat I | IIV Jamoat xavfsizligi departamenti | Rasmiy kanal

IIV ShXBB Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat IIB Probatsiya bo‘limi mas'ul xodimlari ishtirokida nazorat ostidagi shaxslarning ijtimoiy-huquqiy muammolari o‘rganilmoqda.

Bunda, probatsiya nazorati ostidagi shaxslarning kelgusida jinoyat ko‘chasiga kirmasliklari uchun mamlakatimizda ularga yaratilayotgan shart-sharoitlardan oqilona foydalanish to‘g‘risida tushunchalar berildi.

Shuningdek, korrupsion holatlarni oldini olish maqsadida ushbu shaxslarga ta'magirlik, poraxo‘rlikning oqibatlari batafsil tushuntirilib, kundalik hayotda bu kabi illatlarga duch kelgan taqdirda tegishli xodimlarga xabar berishlari uchun, xizmat va shaxsiy raqam kiritilgan tashrif qog‘ozlar tarqatildi.

Shu kuni 2 nafar nazorat ostidagi shaxslar ishga joylashtirilib, yana 1 nafarining bandligini ta'minlash maqsadida kredit ajratilishiga amaliy yordam ko‘rsatildi.

Telegram I You Tube