Get Mystery Box with random crypto!

Mahallalarda “Xavfsiz hudud” maxsus tezkor profilaktik tadbirl | IIV Jamoat xavfsizligi departamenti | Rasmiy kanal

Mahallalarda “Xavfsiz hudud” maxsus tezkor profilaktik tadbirlari davom etmoqda

Qorako‘l tumani IIB Huquqbuzarliklar proflaktikasi bo‘limi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha masʼullari va profilaktika inspektorlari tomonidan “Qizil hudud” sanalgan mahallalarda “xonadonbay” tizimi asosida aholi orasida navbatdagi profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.

Bunda, ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlash, notinch oilalar muhitini sog‘lomlashtirish, xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik hamda ular o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni barvaqt oldini olish, ayollarning huquqiy savodxonligini oshirishga doir profilaktik targ‘ibotlar olib borildi.

Tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan fuqarolarga “Himoya orderi” rasmiylashtirilib, huquqiy tushunchalar berildi.

Oila-turmush doirasida bilib-bilmay jinoyat ishtirokchisi bo‘lib qolishdan ehtiyotkorlikka chorlanib, firibgarlik, o‘g‘irlik va kiber jinoyatchilik qurboniga aylanib qolmaslik yo‘llari tushuntirildi.

@IIVJXDUZ