Get Mystery Box with random crypto!

JARAYON Mamlakatimizda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning | IIV Jamoat xavfsizligi departamenti | Rasmiy kanal

JARAYON

Mamlakatimizda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning iqtidor va isteʼdodlarini yuzaga chiqarish maqsadida juda katta islohotlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, “Yangi O‘zbekiston — maktab ostonasidan boshlanadi” - degan g‘oya asosida umummilliy taʼlim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilishga kirishilgani viloyatimiz misolida ham yaqqol namoyon bo‘lmoqda.

Jumladan, “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida bugun 5-sentyabr kuni viloyat bo‘ylab umumta'lim maktablari, oliy ta'lim maskanlarida o‘quvchi va talaba yoshlar bilan o‘tkazilgan “Bilimlar kuni” tadbirlarida Ichki ishlar organlari xodimlari ham faol qatnashib, yigit-qizlarga boshlangan yangi o‘quv yilida yuksak ilm olib, Vatanga sadoqat bilan xizmat qiladigan vatanparvar farzandlar bo‘lib yetishishlarida omad va muvafaqqiyatlar tiladilar.


@IIVJXDUZ