Get Mystery Box with random crypto!

Istiqlol bilan tengdosh Furqat tumanida Mustaqillik bayrami ka | IIV Jamoat xavfsizligi departamenti | Rasmiy kanal

Istiqlol bilan tengdosh Furqat tumanida Mustaqillik bayrami katta shodiyona bilan nishonlandi

Furqat tumani markaziy o‘yingohida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31-yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanalari bo‘lib o‘tdi. Shukuhli tadbirni tuman hokimi Jahongir Jumanov ochdi va yig‘ilganlarni, ularning timsolida butun tuman ahlini muborak ayyom bilan qizg‘in tabrikladi.

- Tinchlik-osoyishtalik hukm surgan mamlakatimizga bugun ko‘plar havas bilan boqmoqda, - deydi tuman hokimi, - Istiqlol bilan tengdosh tumanimiz ham bugun qutlug‘ 31-yoshini nishonlamoqda.

Taniqli estrada xonandalari ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar, tuman Madaniyat bo‘limi xodimlari tomonidan tayyorlangan bayram dasturi, jajji o‘g‘il-qizlarning raqslari, bolalar sport maktabida tashkil etilgan qo‘l jangi to‘garaklari o‘quvchilarining chiqishlari tadbir ishtirokchilariga chinakam bayram kayfiyatini ulashdi.

Bayram tadbiri yorqin tomosha – furqatliklarning jo‘shqin va xurram kayfiyatini yanada orttirgan mushakbozlik bilan yakunlandi.