Get Mystery Box with random crypto!

Lavender shahri sindromi (ing. Lavender town syndrome) – Pokem | iHistory 📝

Lavender shahri sindromi (ing. Lavender town syndrome) – Pokemon Red and Blue videoo'yinidagi Lavender shahri lokatsiyasi bilan bog'liq shahar afsonasi(kripipasta). Afsona 2010-yil anonim profil tomonidan Pastebinga joylashtirilgan.

Afsonaga ko'ra, Lavender shahri musiqasi 1996-yil, bahorning o'zida 200 nafar yapon bolalarning suitsidiga sababchi bo'lgan. Qolgan bolalar esa burundan qon kelishi va kuchli bosh og'rig'idan shikoyat qilishgan. O'yin lokatsiyasidagi baland binaural ritmlar, afsonaga ko'ra, faqatgina bolalarning miyasiga tasir qilgan.

Versiyalardan biriga ko'ra, Nintendo kompaniyasi bu tajribani yapon hukumati bilan kelishgan holda amalga oshirgan. O'yinning inglizcha versiyasi uchun Lavender lokatsiyasining musiqasi umuman boshqaligi ham bu versiyaga tasdiq sifatida qabul qilinadi.

iHistory