Get Mystery Box with random crypto!

Ahli ilmlar bilan uchrashuvda tolibi ilmlarga nasihat va o’git | 𝐈 𝐅 𝐅 𝐄 𝐓 🕊

Ahli ilmlar bilan uchrashuvda tolibi ilmlarga nasihat va o’gitlar berildi:


- Yosh tolibi ilmlar o’zbek tilida ilm olishni bas qilib, asosiy kuchni arab tiliga berishlari kerak. Agar yoshlar 1 yil bor kuchlarini arab tiliga qaratishsa , ularni mutoalalari chiqadi.

- Tolibi ilm g’ayratli bo’lishi kerak, Alloh dangasa bandalarini yomon ko’radi.

- Tolibi ilm bitta ilm bilan chegaralanib qolishi kerak emas. Imkoni bo’lsa, kuchi yetsa qolgan ilmlarni ham olishi kerak.

- Ilm olib bo’lgandan keyin uni hayotga tadbig’ qilish kerak. (Tolibi ilm suvni sharrillatib, isrof qilmaydi; uchta kiyimi bo’lsa, to’rtinchisini olmaydi;)

- Tolibi ilm hayotni soddasini tanlaydi. Ahli ilm dunyodan ehtiyot bo’ladi, chunki dunyo uni ilmdan chalg’itishi mumkun.

Hech qachon dunyo bilan ilm bitta bo’lmaydi. Shuning uchun kitoblarda ahli ilmlar ahli dunyolar huzuriga borilmasin deyilyapti.

- Tolibi ilm kam yeydi, kam uxlaydi, kam gaplashadi, ko’p ilm oladi.

- Tolibi ilm shukr qiluvchi bo’lishi kerak. Bir kunlik taomi bormi, alhamdulillah, o’n kunni g’amini qilmaydi.

- Ilm olgan odam sabrli, toqatli, odobli bo’lmog’i kerak; kechirishga va insonlarga nisbatan hurmatda bo’lmog’i kerak
;

- Ilm- tarbiya, bas, ahli ilm boshqalaraga ham o’z tarbiyasini ko’rsatsin.

Shavvol 18, 1441

(c) bintu Salih