Get Mystery Box with random crypto!

1 sutkada 7,5 ming murojaat kelib tushdi Xabaringiz bor, kuni | Marvel | IELTS

1 sutkada 7,5 ming murojaat kelib tushdi

Xabaringiz bor, kuni kecha boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri fuqarolardan murojaatlarni oson qabul qilib olish va ularga tezkor javob yoʻllash maqsadida telefon raqam eʼlon qilib, murojaatlar telegram orqali qabul qilinishini aytgan edi.

Shundan soʻng vazirlikda maxsus shtab tashkil etilib, murojaatlarni tezkor oʻrganish va ularga javob berish yoʻlga qoʻyildi.

Maʼlumotlarga koʻra, kecha eʼlon qilingandan boshlab shu vaqtga qadar 7,5 mingta murojaat kelib tushgan. Mutaxassislar murojaatda ismi sharifi koʻrsatilgan barcha savollarga bosqichma-bosqich javob berib boryapti.

Eslatib oʻtamiz, murojaatlarni oʻzingiz haqingizdagi maʼlumotlar bilan birga yoʻllashingiz talab etiladi. Murojaatchi haqida maʼlumot koʻrsatilmagan taqdirda savollarga javob berilmaydi.

@TalabalarTM | Talabalar jamoasi
https://t.me/+QOz0r6L8w8A5ZDI6