Get Mystery Box with random crypto!

Xayrli kech oila! Yangi bir loyihani sizlar bilan birgalikd | IELTS in ONE TEAM

Xayrli kech oila!

Yangi bir loyihani sizlar bilan birgalikda amalga oshirsak... Nima deysizlar?

Oldindan hayol qilib yurardim. Xuddi rasmda ko'rib turganingizdek tekin ko'cha kutubxonalarini tashkil qilishni...

O'ylab qarasam bir o'zimni kuchim yetishi ushun vaqt kerak. Keyin butun boshli oila bilan buni amalga oshirsamchi degan hayol miyamga kelib qoldi.

Maqsad shuki butun O'zbekiston bo'ylab shunday turdagi "Milton Family Library" ya'ni tekin ko'cha kutubxonalarini tashkil qilsak.

Ulashishni istaganlar kitoblarini qo'yishadi, ehtiyoji borlar esa olib o'qishar edi. Bilaman hammada ham, har doim ham kitob sotib olib o'qishga imkoniyati yo'q shu sabab hammaga manfaatli ushbu loyihaga qo'l ursak... Nima deysizlar?

Eng ulkan loyihalar ham "DONATION" lar orqali amalga oshadi. Biz ham ko'ngillilardan qancha bo'lsa ham "DONATION" yig'amiz va butun O'zbekiston bo'ylab "Milton Family Library" barpo qilamiz...

Fikrlaringizni qoldiring! Bu juda muhim!


Xo'ja Ismoil