Get Mystery Box with random crypto!

Ertami, kechmi, har qanday insonni “Kelajakda qaysi kasbni ega | IELTS and IT with Makhmudov

Ertami, kechmi, har qanday insonni “Kelajakda qaysi kasbni egallasam ekan?”, degan savol qiynaydi. Bu masala nafaqat endi oliy o‘quv yurtiga kirayotgan yoshlar uchun, balki ma'lum sabablarga ko‘ra nufuzliroq, ko‘proq haq to‘lanadigan ish izlayotganlar uchun ham muhim!

Quyida dunyodagi eng ko‘p haq to‘lanadigan kasblar haqida bilib olasiz.

Xirurg. Bu kasbning muhimligi va nufuzli ekanini yana bir bor isbotlashga hojat yo‘q. Shunday holatlar bo‘ladiki, inson hayot qoladimi, yo‘qmi - bu aynan xirurgning qo‘lida bo‘ladi. Shu munosabat bilan komil ishonch bilan aytish mumkinki, xirurg  dunyoda eng ko‘p talab etiladigan tibbiyot kasblaridan biri. Ammo, tegishli bilim olish va ko‘nikmalar hosil qilish uchun 10-15 yil o‘qish kerak. Yevropa darajasidagi mutaxassislar yiliga 120 - 300 ming $ miqdorida maosh olishga umid qilishlari mumkin. Bu eng yuqori maosh.

Psixiatr. Boshqa tibbiyot mutaxassisliklaridan farqli o‘laroq, bu soha professionallari stress, depressiya, asab faoliyati buzilishi va aynima psixika bilan bog‘liq muammolarni hal qilishga ko‘maklashadilar, bu esa bugungi kunda juda dolzarb masala. Aytish lozimki, talab darajasida ta'lim olish ancha qimmat bo‘ladi. Shunga yarasha bunday ekspertning maoshi yiliga 120 - 180 ming $ gacha bo‘lishi mumkin.

Anesteziolog. Tajribali anesteziologga bo‘lgan ehtiyoj xirurglarga bo‘lgan ehtiyojdan kam emas. Aynan shu mutaxassislar operatsiya chog‘ida bemorning holatinikuzatib turadilar, narkozning dozasini nazorat qiladilar. Shuningdek, anesteziologlar operatsiyadan keyingi davrda ham bemorning holatini kuzatib boradilar. Bu tibbiyot xodimlarining maoshi yiliga $160 000 ga yetadi.

Uchuvchi. Tezligi va xavfsizligi tufayli havo transporti dunyodiga eng ommaviy transport hisoblanadi. Shunday ekan aerotexnika uchuvchisi kasbi dunyodiga eng ko‘p haq to‘lanadigan mutaxassislik hisoblanishining ajablanarli joyi yo‘q. Bu kasb egalari tegishli tayyorgarlikdan o‘tishdan tashqari, juda mustahkam sog‘liq va asab sohibi bo‘lishi kerak. Daromadi: yiliga 100 - 150 ming $

Stomatolog. Ko‘rib turganingizdek, tibbiyot sohasi mutaxassislari dunyoda talab eng katta mutaxassis bo‘lganlar va bo‘lib qoladilar. Stomatolog kasbi ham bundan mustasno emas. Tish doktorining xizmatlariga bo‘lgan talab taklifdan 4 marta ko‘p ekaniga nima deysiz? Taxmin qilingan daromad: yiliga qariyb $100 000.

Muhandis. Texnik taraqqiyot sohasidagi barcha yutuqlarimizga muhandislar sharofati bilan erishganmiz. Muhandislar yangi texnologiya va materiallarni ishlab chiqish bilan birga bino va inshootlarni loyihalashtiradilar, quradilar, shuningdek turli korxonalardagi barcha texnik asbob-uskunalar ishini nazorat qiladilar. Mohir muhandislar yiliga $100 000 daromad olishi mumkin.

Huquqshunos. Hammaga ma'lum, bugungi kunda bironta shartnoma yo‘qki, uni tuzish va imzolashda huquqshunos xizmati kerak bo‘lmasa. Bunday mutaxassislar, shuningdek, turli huquqiy mojarolarni hal qiladilar va yirik kompaniyalarga doim yangilanib turadigan qonunchilik hujjatlaridan chetga chiqmaslikda ko‘maklashadilar. Yaxshi huquqshunosning maoshi yiliga $60 000 dan $120 000 gacha bo‘lishi mumkin.

IT-mutaxassis. Axborotga egalik qilgan, butun olamga egalik qiladi.  Bizning zamonamizga, ya'ni axborot texnologiyalari va internet davriga mos juda to‘g‘ri fikr. IT-mutaxassislar dasturiy ta'minot yaratish, dastur fayllarini zarar yetkazadigan dasturlardan himoyalash  bilan shug‘ullanadilar hamda muhim ma'lumotlar oshkor bo‘lishining oldini oladilar. O‘rtacha maoshi: yiliga $24 000 dan $120 000 gacha.


Foydali bolsa reaksiyani ayamang!!!

              ┄┅অঠই✯✯ইঠঅ┅┄

𝕂𝕒𝕟𝕒𝕝𝕚𝕞𝕚𝕫𝕘𝕒 𝕆𝕓𝕦𝕟𝕒 𝔹𝕠'𝕝𝕚𝕟𝕘


        •┈•✦•┈•✦•┈•✦•┈•✦•┈•

       @IELTSandITwithMakhmudov
Talab va takliflar va rek hizmati uchun: @M_Abduvosid


♡ ㅤ    ❍ㅤ      ⎙ㅤ     ⌲
ˡᶦᵏᵉ   ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ  ˢᵃᵛᵉ      ˢʰᵃʳᵉ