Get Mystery Box with random crypto!

4-dars. Plurals #GrammarTime Ingliz tilida ko’plik (plural) | IELTS | Ingliz tili

4-dars. Plurals #GrammarTime

Ingliz tilida ko’plik (plural) shakli yasash uchun ko’pgina otlarga -s qo’shimchasini qo’shamiz. Masalan: birlikda book bo’lsa undan ko’plik yasash uchun -s qo’shimchasini qo’shsak kifoya: books – kitoblar. O’zbek tiliga -s qo’shimchasi
-lar deb tarjima qilinadi.
one flower – two flowers
one zebra – four zebras
one lion – three lions

Lekin hamma otlarga ham -s qo’shimcha qo’shilmaydi. -s, -ss, -sh, -ch, -x, yoki -o harflari bilan tugagan otlarga ko’plik yasash uchun -esqo’shimchasi qo’shiladi.
one bus – two buses

Quyidagi mashqda ko’plik shaklini yasang.
1. watch – _
2. glass – _
3. tomato – ____
4. brush – ____
5. box – _
6. dish – ____

So’z oxirida undosh harf va y harfi kelgan otlarga y harfini tushirib qoldirib, -ies qo’shimchasini qo’shamiz. Masalan: one baby – two babies
Lekin,

So’z oxirida unli harf va y kelsa, u holda -sqo’shimchasini o’zi qo’shiladi. Masalan: toy – toys
Ko’pgina otlarning ko’plik shakli shu qoidalar asosida yasaladi.

Ammo, ba’zi otlar borki ular bu qoidalarga bo’ysunmaydi. Ularni biz irregular plurals deymiz. Ularning o’zini ko’plik shakli bor bo’lib, -s, -es, yoki -ies emas aynan o’sha shaklini ishlatishimiz kerak bo’ladi. Masalan one man – two men. Ushbu ro’yxatdagi so’zlarga -s qo’shimcha qo’shsak xato bo’ladi. Bu so’zlar ro’yxatini yaxshisi yodlab olganingiz ma’qul. Ular unchalik ham ko’p emas. Ularning ba’zilarini keltirib o’taman:

New words (Yangi so’zlar):

flower – gul
lion – sher
bus – avtobus
watch – qo’l soat
tomato – pomidor
brush – chotka
box – quti
dish – idish
baby – go’dak

@IELTS_Ingliz_tilini