Get Mystery Box with random crypto!

Dars #3 Present Continuous zamonining qoʻllanish holatlari: | Ingliz Tili

Dars #3 Present Continuous zamonining qoʻllanish holatlari:

Ayni paytda sodir bo'layotgan ish-harakatni ifodalash uchun qo'llaniladi.
Ish-harakat soʻzlovchi nutqi davomida sodir boʻlayotgan va tugallanmagan bo'lishi lozim, asosan atrofimizda sodir bo'layotgan voqea-hodisalarni tasvirlash uchun qoʻllaniladi.
Look! The dog is running after the child. (Qarang! It bolakayning orqasidan quvlayapdi.)
Take away the crib! The teacher is looking at you.
Listen! The way he is singing is quite wrong.

Ba'zan ish-harakat ayni paytda sodir bo'lmayotgan, lekin boshlangan va hali tugallanmagan boʻlishimi mumkin.
Misol uchun quyidagi vaziyatni koʻrib chiqamiz:
Tom and Ann are sitting in a café. Tom is drinking coffee (Birinchi qoida bo'yicha).
Ann: What are you doing these days, Tom?
Tom: You know, I am preparing for my exams.
Yuqoridagi misolda, Tom kafeda oʻtirib, kofe ichayotgan boʻlsa ham, ayni kunlarda imtihonlarga tayyorgarlik koʻrayotganini aytmoqda. Bu yerda Tomning imtihonlarga tayyorgarlik koʻrayotganligi boshlanib, hali davom etayotgan va tugallanmagan ish-harakat sifatida ifodalangan.
Yana misollar:
I am learning English nowadays.
What is Tom doing for living?

Vaqtinchalik, faqatgina ma’lum bir muddat sodir boʻlib turgan ish-harakatlar uchun ham hozirgi zamon davomiy fe’li qoʻllaniladi.
I usually go to work by bus, but this week I am going by taxi. (Men odatda ishga avtobusda ketaman, lekin bu hafta taksida boryapman.)
Tom is living with his friends until he finds a flat. (Tom kvartira topgunicha do’stlari bilan yashayapti.)

Vaqt oʻtgan sayin oʻzgarib borayotgan ish-harakatlar uchun ham hozirgi davomiy zamon fe’li qoʻllaniladi.
Quyidagi fe'llar odatda mazkur qoida boʻyicha qoʻllaniladi.
get change become increase rise fall grow begin start improve
The population of the world is rising very fast. (Dunyo aholisi juda tez oshib bormoqda.)
Is your English getting better?
The number of people without jobs is increasing.

Hozirgi zamon davom fe’li odatda quyidagi payt ravishlari bilan qoʻllaniladi:
now today this month still
at the moment this week this season for the time being nowadays these days day after day
We are still waiting for the train.
Tom is having a bath at the moment.
I am meeting a lot of people today.
We are learning Japanese this year.

@Ingliz_tili_ielts_organamiz