2023-05-04 19:29:00
Ingliz tilida artikl (2-qism)
Ingliz tilida a/an noaniq artikli otlar oldidan ishlatilishi va bitta, bir degan ma’noda kelishini avvalgi darsda bilib oldik. Misol:
A book – kitob yoki bitta kitob.
A pen – ruchka yoki bitta ruchka.
An elephant – fil yoki bitta fil.
Agar gaplarda noaniq artiklning o‘rniga "one" (bir) so‘zini ishlatsak grammatik jihatdan xato bo‘lmaydi.
Misollar:
I'd like an orange and two lemons please.
I'd like one orange and two lemons please.
I need a kilogram of sugar.
I need one kilogram of sugar.
A/an artikli faqatgina bitta narsalarga ishlatiladi. Agar biron nimani ko’plikda aytmoqchi bo’lsak a/an ishlatilmaydi.
Misol:
a book – two books (kitob – 2ta kitoblar)
An elephant – three elephants (fil - 3ta fillar)
A dog – dogs (it - itlar)
Eslab qoling: A va an asosiy farqi a artiklini consonants (undosh harflar) oldidan an artiklini esa vowels (unli harflar) oldidan ishlatamiz.
Misol:
a ball (koptok),
a pen (ruchka),
a box (quti),
an ant (chumoli),
an owl (ukki),
an ostrich (tuyaqush)
Yodlash uchun yangi so’zlar:
snake - ilon
ant - chumoli
frog - qurbaqa
octopus - sakkizoyoq
cow - sigir
insect - hashorot
bird - qush
lion - sher
alligator - timsoh
donkey - eshak
mouse - sichqon
fish - baliq
horse - ot
bee - asalari
𝑲𝒂𝒏𝒂𝒍𝒅𝒂𝒏 𝒏𝒊𝒎𝒂𝒅𝒊𝒓 𝒚𝒂𝒙𝒔𝒉𝒊 𝒏𝒂𝒓𝒔𝒂 𝒕𝒐𝒑𝒔𝒂𝒏𝒈𝒊𝒛, 𝑨𝒍𝒍𝒐𝒉 𝒇𝒂𝒛𝒍𝒊𝒅𝒂𝒏 𝒅𝒆𝒃 𝒃𝒊𝒍𝒊𝒏𝒈. 𝑵𝒆𝒌𝒊 𝒌𝒂𝒎𝒄𝒉𝒊𝒍𝒊𝒌𝒍𝒂𝒓 𝒃𝒐'𝒍𝒔𝒂, 𝒌𝒂𝒎𝒊𝒏𝒂𝒏𝒊𝒏𝒈 𝒆'𝒕𝒊𝒃𝒐𝒓𝒔𝒊𝒛𝒍𝒊𝒈𝒊𝒈𝒂 𝒚𝒐'𝒚𝒊𝒏𝒈...
IELTS DUNYOSI :
IELTS olamiga kirish uchun bosing
@IELTS_DUNYOSI|@IELTS_DARSLARI_BOT
3.4K views16:29