Get Mystery Box with random crypto!

You asked, we shared! Salom, qadrli obunachilar!Biz hozir bo | IELTS Centre

You asked, we shared!

Salom, qadrli obunachilar!Biz hozir bo'lishmoqchi bo'lgan kitobni ko'pchilik bilsa kerak: The Official Guide to IELTS.


Nega aynan bu kitob?

Biz bilamizki, IELTS bo'yicha juda ko'p kitoblar mavjud. Lekin, ularning hammasi ham ishonchli manbalar emas. IELTSdan ko'pchilik talabalarning past bal olishining sabablaridan biri bu ularning IELTS ning professional mualliflar tomonidan yozilmagan kitoblardan foydalinishidir. Bunday kitoblar o'qish natijasida sizda imtihonda beriladigan vazifalar haqida noto'g'ri fikr paydo bo'ladi va noto'g'ri yo'nalishda tayyorlana boshlaysiz.

Men sizga tavsiya qilayotgan kitob sobiq IELTS imtihon oluvchisi bo'lib ishlagan muallif Pauline Cullen tomonidan yozilgan. Bu muallifga nisbatan hurmatim baland. U, nafaqat, internetda IELTS haqida juda foydali maslahatlarini bepul bo'lishadi, undan tashqari Facebookdagi o'z sahifasi orqali so'ragan savollarimga hozirjavoblik bilan qisqa muddatda javob berganligi uchun ham menda iliq taasurot qoldirgan.

Bu kitob oxirida 8 ta practice testlari bor. Aytib o'tish joizki, reading tekstlari anchagina qiyin. Ammo, bir nechta o'quvchilarim shu kitob testlaridan nechta to'g'ri topgan bo'lishsa, imtihonda ham shuncha to'g'ri topishdi. Qisqacha aytganda, amalda sinalgan.

Kitob va uning listening audiosi hajmi anchagina katta, megabaytlaringizni yaxshigina yeydi.

@ielts_centre