Get Mystery Box with random crypto!

💻 Ideal Dasturchilar by YashilRobot

Telegram kanalining logotibi ideal_dasturchilar — 💻 Ideal Dasturchilar by YashilRobot I
Telegram kanalining logotibi ideal_dasturchilar — 💻 Ideal Dasturchilar by YashilRobot
Kanal manzili: @ideal_dasturchilar
Toifalar: Texnologiyalar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 569
Kanalning ta’rifi

• Kanalimizni shunchaki kuzating... balki foydasi tegib qolar 🙃
• Savol yoki takliflaringiz bo'lsa bеmalol yozavering
• Murojaat uchun: @Ideal_Dasturchi
• Kanalimiz ma'lumotidan bemalol foydalanishiz mumkin faqat manba bilan :)

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2021-07-24 12:00:35 Nega Startup g'oyangizni boshqalarga aytishingiz kerak va buni qanday amalga oshirish to'g'ri bo'ladi.

G'oyangizni boshqalarga aytishdagi birinchi qo'rquvingiz albatta ular bu g'oyani o'g'irlab ketishlari mumkinligi. Bu qo'rquv barchada bor va bu qisman to'g'ri.

Shuni aytish mumkinki, hayotimiz davomida sodir bo'ladigan ko'pgina muhim voqealar qandaydur xavfga ega bo'ladi. Ya'ni siz biron nimaga erishishingiz uchun o'sha xavfni yengib o'tishingiz kerak. Biron loyiha boshlash va unda asoschi bo'lish uchun ham siz yetarlicha "risktaker" bo'lishingiz kerak.

Nega Startup g'oyangizni boshqalarga aytishingiz kerak?

1. Qanchalik erta siz g'oyangiz uchun kerakli va foydali fikrlarni to'play olsangiz, shunga ko'ra uni amalga oshirish bosqichlari aniqlashib boraveradi. Bu sizni vaqtingiz va moddiy imkoniyatlaringizni tejaydi.

2. Turli xil insonlardan turfa fikrlarni olishingiz mumkin bo'ladi. Siz ularning barcha fikrlariga qo'shilmasangiz ham, ular aytayotgan gaplardan qo'shimcha g'oyalar shakllantirishingiz mumkin bo'ladi.

3. Ba'zi odamlar shunchaki sizdan ko'chirishni istamaydi. Ularga sizni g'oyangizni ahamiyati yo'q. Siz ko'rayotgan tomonlarini ko'rmasligi mumkin.
Siz aytayotgan sohaga qiziqmasligi ham mumkin. Shuning uchun ulardan fikr olish zarar qilmaydi.

4. Eng kuchli argument. Agar siz bu g'oyani boshqalarga qaraganda ko'proq bilsangiz, loyihaga mehringiz bo'lsa, unga o'z farzandingizdek muomalada bo'lsangiz kim bu loyihani sizdan yaxshiroq qila oladi?
Bu sferani, bu biznesni sizdan yaxshi biladigan odam bo'lmasa qo'rqmasangiz ham bo'ladi. Agar bu ishonch o'zingizda bo'lmasa, boshqalardan nima kutyapsiz?

Agar hali ham qo'rqayotgan bo'lsangiz, keling sizlarga bir ikki ko'rsatmalar beraman.

Loyihangizni hech kimga aytmasdan uni amalga oshira olmaysiz, chunki siz loyihaga jamoa a'zolarini to'plashingiz kerakli mutaxassis va sheriklarni jalb qilishingiz kerak. Buning uchun g'oyani aytishingiz kerak bo'ladi.

1. Loyihani aytayotganda to'liqligicha barcha biznes rejangiz va maqsadlaringizni aytmang. Muammo va unga siz nimalar o'ylaganingizni qisqacha tushuntirib berishga harakat qiling. G'oyangizni tushuntirib berish uchun eng kamida nimalar kerak bo'lsa shularni ayting halos.

2. G'oyani duch kelgan insonga aytmang, faqatgina sizga to'g'ri fikr va yo'nalish bera oladigan tanishlarga ayting. Imkoni bo'lsa ushbu kategoriyalardan birida bo'lsin siz tanlagan inson: Tadbirkor, investor yoki biznes expert. U sizga biznes modelingiz bo'yicha to'g'ri yo'nalish bera olsin. Ikkinchi kategoriya esa, bu shu muammoga uchragan odamlar aytaylik sizni mijozlaringiz. Shunday insonlar bilan suhbatlashing.

3. O'zingiz uchun foydali deb bilgan insonlarga yaqinlashing, guruhlar tashkil eting va fikr almashing. Bu sizga loyihangiz haqida kengroq o'ylashga yordam beradi.

@fownder
1.5K views09:00
Ochish/sharhlash
2021-07-24 12:00:35 Bismillahir rohmanir rohiym.

Fownder (Asoschi) loyihasi. Loyihaning asosiy maqsadi bir maqsadga ega bo'lgan yoshlarni, tadbirkorlarni, asoschilarni bir joyga to'plashdan iborat.

Hozirgi kunda IT va dasturlash deyarli barcha sohalarga kirib kelmoqda. Kelajakda aynan shu soha orqali insonlar hayoti yaxshilanishi, katta muammolar yechim topishi tahmin qilinyapti.

Atrofimizga nazar solsak, hozirda istalgan ichi yonib turgan , yangilikka o'ch bo'lgan va yaxshi g'oyaga ega yoshlar soni ortib bormoqda. Albatta bu g'oyalarni bir o'zi amalga oshira olmaydi. Bu yo'lda unga yaxshi hamroh bo'la oladigan do'stlar kerak.

Sizda g'oya bo'lsa va shu g'oyani loyiha (startup) ko'rinishida amalga oshirish uchun sheriklar izlayotgan bo'lsangiz, to'g'ri manzilga keldingiz.

Hozirgi kunda o'quv markazlarini bitirayotgan, dasturlashdagi birinchi qadamlarini qo'yayotgan talabalar, o'quvchilar juda ko'p. Xuddi shu ko'rinishda, loyiha qilaman degan o'z g'oyalariga ega bo'lgan yoshlar ham talaygina. Demak bu loyihamizning asosiy maqsadi g'oya mualliflari va shu g'oyani amalga oshirishi mumkin bo'lgan insonlarni uchrashtirishdan iborat.

Qo'shimchasiga loyihalarni amalga oshirish va bu jarayonda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan muammolar haqida bir qancha qiziqarli suhbatlar va postlar ulashib boriladi.

Sizni shu manzilda kutamiz, do'stim: @fownder

Ha aytgancha, do'stlaringizni taklif qilishni ham unutmang!
1.4K views09:00
Ochish/sharhlash
2021-06-09 12:57:25 Android bo'yicha Uzbekcha Maqolalar roʻyhati

1. Android Studio haqida
2. Navigation Bar ni rangini o'zgartirish
3. Android telefon versiyasi va uning toʻliq nomlari
4. Android dasturchi kim va nima ish bilan shug'ullanadi
5. Androidga Dastur yaratishda qaysi dasturlash tilidan boshlab o‘rgangan yaxshi, Kotlindanmi ? Javadanmi?
6. Status barni rangini o'zgatirish
7. Flutter haqida qisqacha
8. Kotlin Korotinlar haqida
9. Kotlin dasturlash tili haqida qisqacha
10. Androiddagi ANR(Application Not Responding) haqida malumot
11. Android bo'yicha maqola o’qish uchun TOP 3 foydali sayt
12. O'zbekistonda dasturlashni o'rganishingiz mumkin bo'lgan TOP 3 ta IT Akedemiya
13. ExifInterface haqida
14. Kotlin Collection Funksiyalari haqida

Postni do'stlaringiz bilan ham ulashing, zero ularga ham foydasi tegsa biz faqat xursand bo'lamiz, Raxmat

• Bizda hammasi Android haqida
@YashilRobot
2.5K views09:57
Ochish/sharhlash
2021-05-17 22:13:23 Faqat Android dasturchilar uchun ochilgan kanalimiz @YashilRobot
2.9K viewsedited  19:13
Ochish/sharhlash
2021-04-28 15:14:18
May oyida guruhli video qo'ng'iroqlar va teletranslyatsiyalar.

Pavel Durov keyingi Telegram yangilanishida ovozli suhbatlarda videoni qo'llab-quvvatlashga va'da berdi.

Yangilanishning foydali tomonlari:
- Trafikni shifrlash.
- Shovqinni o'chirish.
- Kompyuter va planshetlarni qo'llab-quvvatlash.
- Ekran translyatsiyasi.

t.me/durov/160
3.3K views12:14
Ochish/sharhlash
2021-04-27 23:07:37 Dasturchi sifatida ishga kirishda ehtiyot bo'ling | Nosog'lom muhitli kompaniyalar belgilari

Achtung!
Ushbu maqola hech bo'lmasa bir martta suhbatga borgan dasturchilarga mo'ljallangan. Real loyihalar ustida ishlamagan, hech qanday tajribasi yo'q dasturchilarga bu maqolani o'qish tavsiya qilinmaydi, aks xolda noto'g'ri ta'sir qilishi mumkin.

Hozirda deyarli barcha kompaniyalar tajribasi bor dasturchilar izlaydi, tajribaga ega bo'lmagan dasturchilar hech kimga kerak emasdek go'yo. Lekin ularni hech kim ishga olmasa qayerdan o'sha tajribani olishadi degan savol hammamizni hayolimizdan o'tgan.

Holat shunday bo'lganidan keyin dasturchilik karyerasida ilk qadamlarini qo'yayotgan yoshlar ba'zida toksik(zaharlangan) kompaniyalar tuzog'iga tushib qolishadi.

Bugun qanday qilib shunday kompaniyalarning belgilarini ko'rib chiqamiz

- Texnik intervyu juda oson bo'lishi yoki umuman texnik intervyu olmay turib ishga qabul qilish.
Bunday holatda katta ehtimol bilan kompaniyaga yomon bo'lsaham ishlaydigan dastur tuzib bera oladigan duch kelgan dasturchi kerak.

- Suhbatga siz vaqtida kelsangiz ham suhbat kech boshlanishi. O'z vaqtini to'g'ri boshqara olmagan odam ertaga qanday qilib sizga vazifalarni taqsimlab beradi?

- Sinov muddati nihoyatta uzoq bo'lishi. Sinov muddati uzog'i bilan 1 oy bo'lishi kerak. Sinov muddatining maoshi sinov muddatida ishlayotganligingizga qarab emas, balki qilgan ishingizga qarab hisoblanishi kerak.

- Xit simptomlardan biri: Suhbatta siz so'ramasangiz oylik mavzusi ochilmasligi. Oyni ohirida qancha maosh olishingizni bilmay turib ish boshlamang.

- Oylik haqida so'raganingizda suhbat olayotgan odam achchiqlanishi, ohangni o'zgarib olishi yoki pul muhim emas qabilidagi "aqlli gaplar" yog'dirib tashlashi

- Yana bir xit simptom: Suhbatta vakansiyada ko'rsatilgan maoshdan ko'ra kamroq oylik aytilishi

- Super xit: "Oylikni tezda oshirib beramiz". Oylik shundoq ham pul qadrsizlanishi natijasida tabiiy oshiriladi barcha joylarda.
Boshida 2 million oylik beramiz keyin chiroyli oylik beriladi degan kompaniyadan ko'ra, balandparvoz gaplarsiz 2 million oylik beramiz degan kamtar kompaniya yaxshiroq.

@Abduqodirovcom
2.7K views20:07
Ochish/sharhlash
2021-04-26 18:41:10 Telegram 7.7 • Платежи 2.0, отложенные голосовые чаты и новые версии Telegram для браузеров

Подробно:
в русскоязычном варианте от Telegram — в Telegraph-статье.

— @TeleUz —

Telegram 7.7 • Toʻlovlar 2.0, rejalashtirilgan ovozli chatlar va yangi veb versiyalar

Batafsil
: Telegram'dan o‘zbek tilidagi talqin — Telegraph-maqolada.
2.1K views15:41
Ochish/sharhlash
2021-04-25 12:56:17 Xo'rligim keldi, siqilyapman.

Ixtirolarga qarab qarsak chalavermasdan, shu qo'llarim bilan yuzimga tarsaki tushurishim kerak. Men kimman? Qayerdaman? Nima qilishim kerak edi-ku hozir nima qilyapman?

Bizning kashfiyotlar bizniki emas... Aksincha uni boshqalar amalga oshirmoqdalar. Biror narsa o'ylashga qo'rqib qoldim. O'ylasam uni ixtiro qilib qo'yishyapti. Biz nima qilishimiz kerak? Men nima qilay? NASA kislorod yaratdi, Xitoy robot armiya qurdi, xudo biladi buni kimga qarshi ishlatadi. Ilon o'zini Marsning imperatori deyapti. 3 litr suvni 1 litrli bankaga sig'dirmoqchi edim, shunday yuraversam uni ham boshqalar yaratsa kerak.

Qo'limizga chupa-chups berib bizni doiradan chiqarib yuborishdi. Ming afsus o'zimiz hohlamadik! Yengil taralariga qiziqdik va faqat foydalanuvchi bo'ldik! Hozir esa ularnining rangi, shakli, qaysi biri mazaliroqligini muhokama qilib, bir birimiz bilan baxslashib yuribmiz. Ha chindan ham Yerdagi ixtirolar bizniki emas. Biroq olimlar bizda edi, Yer bizga berilgandi. Otam Coca-Colani ichish uyoqda tursin, uning idishida choy ham ichmasdilar. Ularni endi tushunyapman. Qayerda bo'lsalar ham Alloh muhofaza qilsin!

Qo'rqyapman.

O'zim-ku vaqt topishga harakat qilyapman. Lekin turli tarmoqlarda foydasiz ishlar bilan mashg'ul bo'lib yurgan vaqti yo'qlar, chupa-chups xo'rlar mening farzandlarimga dars beradimi? Men qo'rqyapman. Nasib qilsa yaqinda farzandli bo'laman. Men juda qo'rqyapman.

Ichgim kelyapti.

Turi narsalarni o'ylayman. Ularning ko'pligidan charchab qolaman. Har kuni 24 soat tadqiqot qilishni istayman. Ammo fizik jihatdan buning iloji bo'lmayapti. Ilm sharobidan to'yib-to'yib ichgim kelyapti. Soham bo'yicha olimlar bilan ko'rishib, ular bilan turli mavzularni muhokama qilishni istayman. Biroq atrofimga qarasam...

Ketaman.

Menda hech narsa yo'q. Pul, networking, xattoki uyim ham. Biroq inshaa Alloh vaqtim bor! Katta ehtimol bilan keyingi kurslarni 1-2 sezon o'tib, shaxsiy rivojlanish maqsadida uzoqlarga ketaman... Oyga bo'lsa ham maylidi, bir dunyo kitoblar bilan.

Uyqim kelyapti.

Juda ko'p ishlayapman. Charchadim, uyqim kelyapti, lekin hozir uyquga ketsam, yana bir orzuim mendan ketishidan qo'rqyapman. Duo qiling, mendan taqvoliroq birodarlarim! Alloh sabr va quvvat bersin, gunohkor holimda jonimni olmasin, Uning bandalariga foyda beradigan qilib, Qiyomatda olimlar qatorida tiriltirsin va Rahmatiga olsin.

Barchamizga 2 dunyoimiz uchun manfaatli ilm bersin!

Muhammadxon Najimov
1.9K views09:56
Ochish/sharhlash
2021-04-23 13:34:16 Androiddagi ANR(Application Not Responding) haqida malumot Qisqacha: Android dasturining foydalanuvchi interfeysi juda uzoq vaqt bloklanganida, "Ilova javob bermayapti" (ANR-Application Not Responding) xatosi paydo bo'ladi. Agar ilova birinchi o'rinda bo'lsa…
1.7K views10:34
Ochish/sharhlash
2021-04-23 13:33:18 Androiddagi ANR(Application Not Responding) haqida malumot

Qisqacha
:
Android dasturining foydalanuvchi interfeysi juda uzoq vaqt bloklanganida, "Ilova javob bermayapti" (ANR-Application Not Responding) xatosi paydo bo'ladi. Agar ilova birinchi o'rinda bo'lsa, tizim 1-rasmda ko'rsatilgandek foydalanuvchiga dialog oynasini namoyish etadi. ANR dialogi foydalanuvchiga ilovadan majburan chiqib ketish imkoniyatini beradi.

https://telegra.ph/ANDROIDDAGI-ANRApplication-Not-Responding-HAQIDA-MALUMOT-04-17

• Bizda hammasi Android haqida
@YashilRobot
1.6K views10:33
Ochish/sharhlash