Get Mystery Box with random crypto!

​​Apellyatsiya tartibini tushunib oling! Oʻz natijasidan no | IDEA | Consulting centre

​​Apellyatsiya tartibini tushunib oling!

Oʻz natijasidan norozi boʻlgan abituriyentlar, mandat eʼlon qilingandan soʻng 10 kun ichida apellyatsiya shikoyatini yuborishlari mumkin.

Apellyatsiya shikoyatini my.dtm.uz sayti orqali berishlari mumkin. Hozircha bu funksiya yoʻq u saytda.

Apellyatsiyada oʻzingiz ishlagan test topshiriqlari kitobi, javoblar varaqasi va apellyatsion karta sizga beriladi.

Test topshiriqlari kitobini koʻrib chiqib, agarda eʼtirozingiz boʻlsa ekspertga uchrashasiz. Ekspertga siz oʻz eʼtirozlaringizni tushuntirib berishingiz kerak boʻladi. Eʼtirozlar oʻrinli deb topilsa sizga shu savol uchun ball qoʻshiladi.

Agarda eʼtiroz oʻrinli deb topilmasa, ekspert sizga bu toʻgʻrisida tushuntirish berishi kerak boʻladi.

Test sinovlariga kelmagan va chetlashtirilganlar apellyatsiya shikoyati koʻrib chiqilmaydi.
Takroriy apellyatsiyaga yoʻl qoʻyilmaydi.

+998952030404
+998971737777
+998332101010

https://t.me/idea_2020uz