Get Mystery Box with random crypto!

#yashil #makon Muhammad al-Xoramiy nomidagi ixtisoslashtiril | Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi

#yashil #makon

Muhammad al-Xoramiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab issiqxona faoliyati bilan tanishing!

Muhammad al-Xoramiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda o’quvchilarning Ona tabiatga, yurtimizga bo’lgan mehr-muhabbatini yanada oshirish maqsadida “Yashil makon” loyihasi doirasida maktabda issiqxona tashkil etilib, unda turli ko’katlar: shivit, kashnich, hamda sabzi, rediska, piyoz ko’chatlari yetishtirilmoqda.

Ushbu mahsulotlar maktab oshxonasida o’quvchilar dasturxonini yanada foydali vitaminlar bilan boyitishga yordam beradi.

Shuningdek, yuqori sinf o’quvchilari ham bo’sh vaqtlarida ushbu mahsulotlarning yetishtirish jarayoni bilan yaqindan tanishib borish asnosida kelajakda yerga mehr berish, o’z tomorqasidan unumli foydalanish kabi tajribalarga ham ega bo’lib boradilar.

Muhammad al-Xorazmiy axborot texnologiyalari maktabi matbuot xizmati.

Telegram |Facebook |Instagram |Web