Get Mystery Box with random crypto!

Har bir ota-ona: “Farzandim yaxshi oliy ta’lim muassasasiga oʻ | ICT4Girls

Har bir ota-ona: “Farzandim yaxshi oliy ta’lim muassasasiga oʻqishga kirsa, munosib ishga joylashsa, hayotda oʻz oʻrnini topib ketsa edi”, deb orzu qiladi, albatta!

Aksariyat bitiruvchilarimizning ota-onalari: “Farzandimga qaysi bilimlarni bersam yaxshi OTMga oʻqishga kiradi?”, “Qanday bilim va koʻnikmalarga ega boʻlsa munosib ishga (oʻz kuchi bilan) joylashadi?”, “Qanday insoniy xususiyatlarni oʻrgatsam/singdirsam hayotda oʻzini yoʻqotib qoʻymaydi?”, deb chin dildan qaygʻuradi, tashvishlanadi. Bor imkoniyatlarini ishga solishga harakat qiladi.

Ammo juda koʻpchilik ota-onalar real hayotda buni qanday amalga oshirishni bilmaydi.Bunga esa turli xil sabablar bor, toʻgʻrimi?

Tushkunlikka tushmang, bunday holatga nafaqat Oʻzbekistonlik ota-onalar, balki dunyo boʻylab koʻpchilik ota-onalar duch keladi va albatta farzandlari hayotda oʻz yoʻlini topishini xohlaydi.

Hurmatli ota-onalarimiz hamda bitiruvchilarimiz hayotiy tashvishlarini yengil qilish maqsadida bizning jamoamiz mahalliy va xorijiy ekspertlar koʻmagida “Maktab bitiruvchilarining ishga joylashishi hamda hayotda oʻz yoʻlini topishi” mavzusida 140 betdan iborat qoʻllanma hamda kasb.maktab.uz platformasi ishlab chiqilgan.

Ushbu qoʻllanma hamda platforma yordamida Sizni qiynayotgan yuzlab savollarga javob olishingiz mumkin.

Postdagi rasmlar qoʻllanmadan parchalardir, toʻliq qoʻllanmani quyidagi havola orqali yuklab olishingiz mumkin - https://t.me/rkarimjonov/1322.

Maktab oʻquvchilari, abiturientlar, talaba va boshqa yoshlar uchun kelajakda muvaffaqiyatga erishish boʻyicha foydali ma’lumotlarni oʻzimning rasmiy sahifamda yoritib boraman, kanalga a’zo boʻlish va ma’lumotlarni boʻlishish tekin - https://t.me/rkarimjonov