Get Mystery Box with random crypto!

Sen, O‘gay otamga  o‘xshaysan  dunyo! Hech rozi bo‘lmading, | 𝑰𝒄𝒉𝒊𝒎𝒅𝒂𝒈𝒊 𝑻𝒐'𝒇𝒐𝒏...

Sen,
O‘gay otamga  o‘xshaysan  dunyo!
Hech rozi bo‘lmading,
Borimni  olib.
Xudo deb yuribman, 
Mehr bergin,
Yo,
Ketaman  o‘zingni Xudoga solib...

Sen axir,
Onamga o‘xshamaysan hech,
Onam kabi  meni,   yupatolmaysan.
Kelishimda bir bor, 
Quvonmading-mi?!
Ketishimni,
Zinhor,  ko‘tarolmaysan!


Mirzohid