Get Mystery Box with random crypto!

Dasturlash yoki 3D modellashtirish: Qaysi birini tanlash kerak | IB va KT fakulteti | AndMI

Dasturlash yoki 3D modellashtirish: Qaysi birini tanlash kerak?

Ko'p kishida, ayniqsa bizning obunachilarimizda bunday holat juda ko'p bo'lgan. Ular qaysi sohani tanlashni bilolmay qoladilar. Dasturlash ham, 3D modellashtirish ham zo'r soha. Ammo qaysi birinidir tanlash kerak-ku?

Dasturlash
Bir vaqtlar dasturchi odamlarning hayolida kompyuter ustasidek bo'lgan. Dasturchi bo'laman degan bolalarni aksariyat ota-onalar qaytarishga harakat qilgan, qaytargan ham. Hozir esa ushbu soha IT-ning eng rivojlangan sohasidir. Maosh bo'yicha ham, ish o'rinlari bo'yicha ham yuqori pog'onalarda turadi. Ushbu soha juda qiziq, ammo u qiyin tuyilishi mumkin, aslida ekspert uchun barchasi oson

3D modellashtirish
Ajoyib soha, O'zbekiston sharoitida endi-endi rivojlanayotgan soha. Ushbu sohani O'zbekistonda rivojlanishiga Abdusattor Abduraximovning hissalari juda katta. Chunki ilgari ushbu sohani eshitganlarning hayoliga 3d-kinolar kelardi, hozir esa mo'may pul keladi :) Bu soha ham zo'r, ish o'rinlari bo'yicha ham, frilansda ham talab katta. 3D dizayn hali yosh soha bo'lgani uchun unga talab borgan sari oshmoqda.

Xulosa
O'zingizga quloq soling. Siz qaysi sohada o'zingizni yaxshi his etasiz, qaysi biri ko'proq yoqadi. Pul haqida o'ylamay turing, chunki mutaxassislar uchun doimo ish topiladi. O'zingizga yoqqan sohani tanlang. @IBvaKT fakulteti rasmiy sahifasi