Get Mystery Box with random crypto!

#boshqacha Xullas hamma studentlarga o'xshab menda ham 'sess | Ibroximov

#boshqacha
Xullas hamma studentlarga o'xshab menda ham "sessiya" boshlanish arafasida. Qanaqa fanlar borligini aytishdan oldin, ruxsat bersangiz qisqacha imtihon olish tizimi haqida tushuntirib o'taman. Imtihonni o'tkazish, qo'yiladigan talab o'qituvchiga qarab o'zgaradi, lekin umumiy g'oya deyarli barcha fanlarda bir xil. Tassavur qiling siz Sapienza University of Rome talabasisiz, o'qish davomida na davomatingiz na forma majburiy bo'ldi. O'qtuvchi sizga darsda bo'lishingiz haqida "It is not mandatory, but strongly recommended" deyishi mumkin xolos. Yarim yillik tugagandan keyin Universitet rasmiy saytida imtihon o'tilish sanalari e'lon qilinadi, eng kamida 3 ta har xil kun. Siz o'zingizga maqul kunni tanlab bron qilasiz. (Italiada deyarli barcha rasmiy uchrashuvlarga appointment qo'yiladi). eng yuqori ball 30, shundan eng kamida 18 yig'a olsangiz fanni o'zlashtirgan hisoblanasiz va fanga qo'yilgan kreditni qo'lga kiritasiz. Aytaylik, siz imtihonda 18 lik chegaraga yetolmadingiz (o'zimizni tilda "kalla qo'ydiz"), tushkunlikka tushmang sizda ikkinchi, uchunchi urinishlar bor. Agar uchunchisi ham muvaffaqiyatsiz bo'lsa sizni rasman yozgi imtihonlarga qolganiz bilan "tabriklashadi". Barcha talabada o'zining ID raqami va universitet ta'lim platformalarida o'z sahifalari mavjud. Bu degani barcha adabiyotlar, dars davomida ishlatilgan pragrammalar, yozib olingan darsliklar siz uchun 24/7 ochiq, kirib uyalmasdan foydalanishingiz mumkin. Endi meni fanlarimga qaytsak birinchi imtihonimni 10-yanvarga "бронировать" qildim, birinchi urunishning o'zida maksimal ball olishga harakat qilaman