Get Mystery Box with random crypto!

Uchradim... Sevib seni gulzorlarga uchradim men, Ilhom kelib | Ibrohim Said | Blog

Uchradim...

Sevib seni gulzorlarga uchradim men,
Ilhom kelib parilarga uchradim men,
Anglamasdan baxtga to'la ul sevgini,
Bilib bilmay g'avg'olarga uchradim men.

Teng keladi jamolingga nechta sanam,
Nigohingga arzirmikan bitta sanam,
Qadamingda ado bo'ldi qancha dillar,
Chiroyingda bahslasholmas mingta sanam.

Quyoshdek porlashinga bo'lurman shaydo,
Sharsharadek sochingga bo'lurman shaydo,
Hijroningda ado bo'ldi Ibrohim Said,
Rayxondek iforingga bo'lurman shaydo

Istagim toptalmay sening ortingdan,
Oxlar urib qolmay sening ortingdan.
Ishqda kuyib yonayinmu seni sevib,
Izg'irinda qolib ketmay sening ortingdan.

Ibrohim Said
Kun: 14.11.22