Get Mystery Box with random crypto!

Unutding Taqdir bizni tez unutdi qo'ydi, Dilda sarson bo'ldi | Ibrohim Said | Blog

Unutding

Taqdir bizni tez unutdi qo'ydi,
Dilda sarson bo'ldi muhabbat
Ishq haqida kuylamay qo'ydi,
Nur sochmay qo'ydi muhabbat.

Sen ham unutding ajib sevgini,
Chek qo'yding go'zal tuyg'uga.
Qalbda qafas ga'ribda bo'lgan,
Ko'ngil qushini solding qayg'uga.

Ishqda telba nodon oshiqni,
Jamolga tashna zorni unutding.
Ko'zlari yo'ldagi gado oshiqni,
Xordiqqa zor yorni unutding.

Qon yig'ladi og'ridi yurak.
Yurakka sanchding bir cho'p,
O'zgalar deya unutding essiz,
Bildim ular sochlaringday ko'p.

Daraxtlar ham yolg'izlanibdi,
Atrofga bo'qib guvohi bo'ldim.
Barglar unutdi o'zin novdasin,
Netay yorning gadosi bo'ldim.

Mayli meni unutding qo'yding,
Esdan chiqarding o'tgan borini
Nega unda tilkalaysan sen,
Kiprikdagi hamon inson jonini.

Yonib bitdi olovli bir sham,
Yolg'izlanib qo'ldi parvona.
Zimistonda nurin qidirib,
Sargardon bo'ldi parvona.

Sen deb men ham aylandim,
Tundagi daydi bir parvonaga.
Oy bo'ldi menga dardkashim,
O'xshadim aqlsiz bir mastonaga.

Eh, ortda qoldi olovli damlar,
Ortda qolar o'tkan qadamlar,
Endi ishqni unut Ibrohim Said,
Taskin bo'lar dardkash odamlar.

Qaytib seni mayli ko'rmasin,
Mening tentiragan faqir ko'zlarim,
Shoirdan senga oxirgi tilak,
Toptalmasin murg'ak xislarim.

Ibrohim Said
12.12.2022
20.17