Get Mystery Box with random crypto!

Bugun onam bilan gaplashdim… Bola bo’lib onamga erkalik qilma | Ibrohim Raxmanov | Blog

Bugun onam bilan gaplashdim…

Bola bo’lib onamga erkalik qilmaganimga ancha bo’libdi. Qo’ngiroqlar limiti tugab o’chsa, biri keyingisiga ulanaverdi. Naqd 5 soatdan oshiqroqqa cho’zildi bu suhbat))
Onamning oyoqlariga bosh qo’yib yotishni yaxshi ko’raman, har gal uyga qaytganimda shu ishni qilaman. Boshimni silatib, gaplashib o’tiraman. Ba’zan shu holda uxlab qolsam, cho’zilib ketsa tur endi boshin botib ketdi deydilar))

Gaplashyotgan vaqtimiz “o’g’lim uxlab qolyapsan damini olaqol” desalar ham, “yo’q onajon sizni eshitib javob bervomanu, uxlab qolsam javob beromimanu gaplarizga, mana eshitvoman” deb qaysarlik qilib yana gaplashurdim. Yo’q baribir telda gaplashib yotgan joyimda uxlab qolibman. O’zlari telni o’chiribdi. Orada uyg’onib ketdim, soat 3:49. Naushnikni olib, telefonimga qaradim o’chib qoldimikan deb, xa 3:11 da vizov o’chirilgan.

Kimda qanaqa man bilmiman, ko’pchilik ota-onasi bilan ko’p gaplasholmidi. Nimagadir o’zini tortadi. Nimani gaplashish mumkin deb ham aytib qolishadi.
Bir narsani aniq kafolat berib aytoliman, ota-ona hech qachon sizga yomon bo’lsin demaydi.
Rus maktabda o’qiganim uchunmi, o’zbeklarni mentalitetidagi ko’p ishlarni to’g’ri qabul qilolmiman. Ichimdagi ego haq bo’lsa, har qanaqa odam bilan tortishadigan odatim bor, yoshini esa umuman ahamiyati yo’q edi man uchun. Ayniqsa bu borada ota-onam bilan juda ko’p kelisholmasdim.
O’zimcha haq edim. Hozir eslasam aytamande, axmoq bo’lganman deb. Xa man shunaqa ancha Kuydirgi bola bo’lganman.

Onam bilan eslab oldik. “Bilaman kechirib yuborgansiz, lekin yana bir marta mani kechiring onajon, yosh bo’lganmande” deb kechirim so’radim.
Onade baribir, “Men seni o’sha vaqtni o’zida kechirib yuborganman, ko’nglimni og’ritgansan to’g’ri, lekin hozir sendan ko’nglim to’q, ancha yaxshi tomonga o’zgargansan” dedilar. Ichimda ex onajonima o’zimni dedim.
“Har kimning onasi o’zi uchun aziz, to’g’ri, lekin bir gap aytaman, sizdan bir foyda topmimanu paxta qo’ysam, lekin siz одна на миллион siz, sizdaqa sabrli, mehribon onalar kam, ko’pchilikni onasini ko’raman bolasiga befarqde, ishi bo’lmidi” desam, “Juda maqtavordinu” deb kuldilar. Aslida bundan ham ko’proq maqtovga loyiq bo’lsalarda.

Onam qaysidir ma’noda ham do’stim, ham mehribonim. O’qish, ish, karyeraga bog’liq ish qiladigan bo’lsam dadam bilan, agar emotsional holatimga ta’sir qiladigan ish bo’lsa, onam bilan ko’pincha maslahat qilaman. Insonda oltinchi hissiyot bor, instinkt. Bu hammada har xil. Manga bu sezish qobiliyati onamdan o’tgan, shuning uchun bu borada onamga ishonaman. Bugungi suhbatdan keyin ham aynan oila masalasida ham yaxshigina kartada navigator chizib oldim. Endi shunga qarab ishlarimni reja qilaman.

Man bularni nimaga yozvoman. Shunchaki o’qiyotgan har bir shaxsga bir narsani yetkazmoqchiman. Sahar vaqti o’chgan telimga qarab ichimda hotirjam “Alhamdulillah ota-onam bor, ular hayot yonimda” deb Allohga hamd aytdim.

Bir kun kelib ular yonimda bo’lmasliklari mumkin, buni bilaman. Vaqtni g’animat ekanligini ham. Kechagina so’zlashuvda onamga maktabni bitirganimga bu o’quv yili tugasa 10yil bo’lishini, vaqt qanchalik tez o’tayotganini aytgandim. Bir zum o’tmay umr ham o’tib ketadi.

Buvim olamdan o’tganlarida, dadamni onasini yo’qotganidan keyin qanchalik tez qariganlarini ko’rdim. Onam ota-onasini yo’qotganlarida, kamida 10yoshga yosh ko’rinadigan onamning yuzlariga qanday tez ajinlar tushib ketganini ko’rdim.

Ota-onaning inson hayotida qanchalik o’rni borligini shunchaki so’z bilan tushuntirib berish mushkul. Hozir ota-onangiz hayotmi, yoki ulardan faqat bittasi hayotdir, turing, boring, ularni mahkam quchoqlab, yaxshi ko’rishingizni ayting, hidlariga to’yib oling. Ota-onaga yangi tug’ilgan chaqaloqning ifori jannat hididek bo’lsa, sizning tirik jannatingiz ulardir. Hayotliklarida to’yib-to’yib oling, diydor qiyomatga qolganidan so’ng, tuproq hovuchlab, tuya so’ysangiz ham keyin tatimaydi.

Yarim tun bo’lsada, man postni shu yerda to’xtatib, ota-onamga telefon qilgani ketdim, endi sizning navbatingiz!

00:24
11.11.2022

@IbrohimRaxmanov