Get Mystery Box with random crypto!

#Hikoyat Salaflardan biri hikoya qiladi: «Men ilgari gunoh is | ☘IBRAT VAQTI☘

#Hikoyat

Salaflardan biri hikoya qiladi: «Men ilgari gunoh ishlarga, ichkilikka berilgan edim. Bir
kuni muhtoj yetim bolani uchratib qoldim. Uni uyimga olib kelib, qornini to‘ydirdim,
hammomda cho‘miltirib, sochlarini olib, kiyim kiydirdim. Qisqasi ota o‘z farzandiga
marhamat ko‘rsatganiday, balki undan ham ziyodaroq marhamat ko‘rsatdim. Shundan
so‘ng kechasi uxladim. Tush ko‘rdim. Go‘yoki qiyomat qoim bo‘libdi. Men hisob-kitobga
chaqirildim va qilgan gunohlarim tufayli do‘zaxga hukm qilindim. Zaboniyalar (azob
farishtalari) meni do‘zaxga sudrab keta boshladilar. Ularning qo‘llarida men zaif, haqir
edim. Shu payt yo‘lda haligi yetim ro‘baro‘ keldi va: «Ey Rabbimning farishtalari, uni
qo‘yib yuboringlar. Men Rabbimdan unga shafoat tilayman. Zero, u menga yaxshilik qildi
va marhamat ko‘rsatdi», dedi. Farishtalar: «Bu bizga buyurilmagan», deyishdi. Shu payt
Alloh taolo tarafidan: «Uni qo‘yib yuboringlar. Yetimga yaxshilik qilgani va yetim shafoati
sababli unga so‘ragan narsalarini berdim», degan nido keldi. Keyin uyg‘onib ketdim-da,
Alloh azza va jallaga tavba qildim va butun kuch-g‘ayratimni yetimlarga marhamat
ko‘rsatishga sarfladim».


#УЛАШИНГ
@IbratVaqti1
Илмни Яқинларга Юбориб
Сиз хам Савоб Олинг!