Get Mystery Box with random crypto!

Qizlar: Bu borada qizlarda kuzatiladigan xatolar esa ( ba'zid | ibratli.vaqt

Qizlar:

Bu borada qizlarda kuzatiladigan xatolar esa ( ba'zida qarorni qiz emas ota-ona qabul qiladi afsuski) otam nima desa shu, oddiy oiladan ekan, juda rashkchi ekan va hokazolar. Otaning roziligini olish kerak lekin ko‘nglingizdagini aytsangiz otangiz ham sizni tushunadi. Hashamatga uchmang iymonli bo‘lsa oddiyhol bo‘lsa ham rozi bo‘ling, (agar ko‘nglingiz bo‘lsa albatta) iymonli va taqvodor yigit sizga hech qachon zulm qilmaydi. Qilmaslikka harakat qiladi. Juda rashkchi ekan demang, zero, rashksiz erkakka Jannat xaromdir. Yoshim katta bo'lib ketyapti, menga kim ham xaridor bo'lardi demang. Ertaga ko'nikib ketaman bilan ish bitmaydi. Qaror qabul qilishda biroz jiddiyroq bo‘ling. Sabrli bo'ling va har narsa o'z vaqtida keladi!

Gapim so'ngida shuni aytishim kerakki, qanday inson xohlayotgan bo'lsangiz, avallo o'zingiz shunday inson bo'ling. Oynaga qarab aslida kim ekanligingiz va xohlayotgan insoningizga loyiqmisiz, yo'qmi, adolat bilan ko'rib chiqing. O'zingizni to'g'irlashga bugundan kirishing...

•• @ibratlivaqt
#repost