Get Mystery Box with random crypto!

Men roppa rosa 4 kun instagramda faol bo'lmadim. Va bilasizmi | ibratli.vaqt

Men roppa rosa 4 kun instagramda faol bo'lmadim. Va bilasizmi menda qanday o'zgarishlar sodir bo'ldi?

- Odatiy kunim ancha sekn o'ta boshladi. Ko'p narsaga ulgurdim!

- Qilmoqchi bo'lgan ishlarimni keyinga surmay, o'z vaqtida bajardim.

- Baxtiyorlik va harakatchanlik hissi uyg'ondi.

Shunda tushunib yetdim. Instagramda keragidan ortiq faol bo'lish, videokontentlarni reelsda tinmay tomosha qilaverish, vaqtingizni o'g'irlanishiga, ishlarni o'z vaqtida qilmasligingizga, ibodat va ilm olishga layoqatsizligingizga olib kelib qo'yadi.

Natijada o'zingizga bo'lgan ishonch susayadi. Qilishingiz kerak bo'lgan barcha ishlar yig'ilib ketib, motivatsiyangiz yo'qoladi. Intizomsiz, samarasiz insonga aylanib qolasiz.

Shunday ekan bugundan keraksiz videolarni tomosha qilishni bas qiling. Va menda sodir bo'lgan ijobiy voqelarni amalda o'zingiz ko'rasiz!