Get Mystery Box with random crypto!

Zilzila go'zal eslatma... Kechagi zilzila Ramazon oyi kirib k | ibratli.vaqt

Zilzila go'zal eslatma...

Kechagi zilzila Ramazon oyi kirib kelishidan avval go'zal eslatma bo'ldi, shaxsan men uchun.

Nimaning eslatmasi?

Tavbasiz gunohlarimiz ko'pligini eslatmasi. O'lim bilan yuzlashishga hali tayyor emas ekanligimiz eslatmasi. Yaqinlarimizdan ayrilishdan qo'rqishimiz va ularni biz o'ylaganmizdan-da ko'proq yaxshi ko'rishimiz eslatmasi. Va yana ko'pdan ko'p tuyg'ular...

Ha, bugun masjidlarda taroveh namozlari boshlanadi, Ramazon kirib keldi. Tavba qilish, poklanish va o'zimizni isloh qilishimiz uchun eng go'zal lahzalar eshik qoqib turibdi. Rahmat va mag'firat oyi, tavba oyi, sakinat oyi kirib keldi...

Xullas, Ramazondan bir kun avval bunday zilzila bo'lishi biz Ramazon oyiga, undagi Allohning rahmatiga qanchalik muhtoj ekanligimizni eslatadi.

O'zingizni ehtiyot qiling, Ramazonga tayyorlaning...