Get Mystery Box with random crypto!

Odatda ijtimoiy tarmoqga kirishdan o'zimni tiya olmayman! Saba | ibratli.vaqt

Odatda ijtimoiy tarmoqga kirishdan o'zimni tiya olmayman! Sababi ish shu sohada har xil vaziyatlar, lekin aniq bilardim-ki, ko'p vaqtim keraksiz narsalarni tomosha qilishga ketib qolar edi!

Hozir qishloqda 3 kun bo'ldim. Xohlaymanmi? Yo'qmi? Ijtimoiy tarmoqga kirishim internet sekinligi sabab to'xtab qoldi! Va bilasizmi menda nima sodir bo'ldi?

Odatiy zerikishlar meni tark qildi, kunim qandaydir barakali o'ta boshladi, namozlarimga layoqatsizlik qilmasdan vaqti kirishi bilan o'qidim! SubhanAlloh vaqt sekin o'tib, anchadan beri mashinamda o'qiyman deb olib qo'ygan "Egasiz joynamoz" kitobini ham o'qidim!

Shunda amin bo'ldim-ki, kundalik vaqtimning ko'p qismi, ijtimoiy tarmoqda "aynib ketgan" kontentlarni ko'rish bilan o'tarkan, nafs kuchlilik qilib video ko'raverasiz vaqt esa o'taverar ekan!

Do'stlar, bugundan ijtimoiy tarmoqlarga ko'p vaqt sarflashni to'xtating, kundalik vaqtingizni rejalashtiring, kun davomida nima qilishingizni, nimaga nechchi soat vaqt ajratishingizni taqsimlang! Keraksiz odatlarni yo'qotib, o'rniga foydali bo'lgan odatlarni shakllantiring!

Bu gaplar shunchaki sizga motivatsiya bo'lib qolmasin, albatta odatga aylantiring! Men ham aniq shunday qilaman! Zero muvaffaqiyatga motivatsiya emas, yaxshi odatlar yetaklaydi! In sha Alloh!

@ibratlivaqt