Get Mystery Box with random crypto!

So'nggi izhor... Kim bo'lsa ham uddaladi, yorini ko'nglini ol | ibratli.vaqt

So'nggi izhor...

Kim bo'lsa ham uddaladi, yorini ko'nglini oldi. U ketdi yo o'zi ketdi... Ne qilsada qalbidagini oshkor etdi. Bizchi? Hali hamon o'rtaga devorlar qurish bilan ovoramiz. Bu devorlar bir kuni bizni bosib qolishi mumkin ekanligi haqida o'ylamaymiz ham. Bizga tarozisi buzuq dunyoda odamlar o'ylab topgan ahmoqona qoidalarga asoslanib yashash yengilroq. Odamlar nima deydi axir? Odamlarni o'ylab o'ylab, o'zimizni yo'qotdik... Tuyg'ularimizni sekingina qalbimiz tuprog'iga ko'mdik. O'zimiz tuproqqa aylanmasimizdan qalbimizni mozorga aylantirdik... O'zimiz va ruhimiz baxtli bo'ladigan halol hayotdan qochib, hali yetib borishimiz noma'lum bo'lgan, yorug' yoki qorong'u ekanligi ayon bo'lmagan bekatlarga umrimizni bag'ishladik...

Boshqa bekatda esa kimdur ulgurdi... U uddaladi...