Get Mystery Box with random crypto!

Bu dunyoda menga jondan Azizlarim, Olloximga umri aziz Lazizla | IBRATLI UMR | hayot saboqlari

Bu dunyoda menga jondan Azizlarim,
Olloximga umri aziz Lazizlarim,
Sizga bitay g‘ubori yo‘q dil so‘zlarim,
Omon bo‘ling yuragimga Yaqinlarim....

Tinglab mening kemtik ko‘ngil nolishlarim,
Taskin bergan xam yaqin-u olislarim,
Yuragida xar tilagi holislarim,
Omon bo‘ling yuragimga Yaqinlarim....

Og‘a-inim Opa-singlim kondoshlarim,
Siz xayotim yo‘lidagi yuldoshlarim,
Dardim olar dardlarimga dardkashlarim,
Omon bo‘ling yuragimga Yaqinlarim....

Shodligini menla baham kurganlarim,
Imkon topsa mehnatimni bilganlarim,
Bir qayrilib zabun xolim so‘rganlarim,
Omon bo‘ling yuragimga Yaqinlarim....

Yahshi kunda unutmay yod olganlarim,
Dilga shirin orzularni solganlarim,
Gox achinib gox yupatib qolganlarim,
Omon bo‘ling yuragimga Yaqinlarim...

Sizlar bilan Adxamjon
@ibratliuz_official | Telegram