Get Mystery Box with random crypto!

Yolg‘iz odam keyingi paytda umrining mohiyati haqida ko‘p o‘yl | IBRATLI UMR | hayot saboqlari

Yolg‘iz odam keyingi paytda umrining mohiyati haqida ko‘p o‘ylaydigan bo‘lib qoldi. Goho tashqarida, oftobshuvoqda tizzasidagi yostiqqa ko‘ksini bosib, soatlab hayol suradi. "Biz kimmiz, nega dunyoga kelganmiz, qayon ketamiz? " degan savollar miyyasida charx uraveradi. Havo sovib ketganida quyosh nuri unga tushmaydigan qorong‘u va zahkash uyga bor lash-lushi bilan ko‘chadi.
Qishin-yozin yeg‘ishtirilmaydigan sandalga bag‘rini berib, yana hayol suraveradi. O‘ylayveradi, o‘ylayveradi. Goho "Aqldan ozib qolayapmanmikan?" deb havotirga tushadi.
(Umrning bir lahzasi)

Suratni o'zini yolg'izman deganlar uchun ijodimdan ulashdim!

Sizlar bilan Adxamjon
@ibratliuz_official | ibratli.uz