Get Mystery Box with random crypto!

Lasetti tezlikni oshirib oldinga ótdi va mashinaning yóliga tu | 📚Ибратли хикоялар📚

Lasetti tezlikni oshirib oldinga ótdi va mashinaning yóliga turib oldi. Mashina tôxtashga ulgirmadi. Yengil avtohalokat bóldi. Mengaku hech narsa bólmadi. Ammo haydovchi anchagina jarohatlandi. Tez yordamga qónģiroq qildim. Lasetti esa avtohalokatdan keyin juftakni rostalagandi. Tez yordam kelgach, kollejga yayov ketdim. Yana bitta burilish va men kollejdaman. Yetib kelsam ikkinchi para boshlangandi. Odam anatomiyasi fani. Bu darsni Dilu yoqtirmasdi. Men ham. Kópincha kollej ortidagi dala tomonga qaragan skameykada ótirardik. Kózga kòrinmasdan ósha tarafga yurdim.
Adashmabman. Dilu hayollarga berilib ótirardi. Tovush chiqarmay, ortidan borib qurolimni boshiga óqtaldim.. U esa..
Qadrli kundaligim.. davomini ertaga aytaman U esa...
Hattoki qimirlab ham qo‘ymadi
- salom Mari.. yoki Marjona Malikova deymi? - dedi u tog‘lardan ko‘z uzmay
- senga ham salom Dilu.. yoki Dilrabo Jahongirova - dedim men ham huddi shu ohangda
- nega kelding? O‘limdan qo‘rqmaysanmi? - dedi u hamon beparvo.
- men o‘limdan qo‘rqmayman. Chunki bugun peshonamga sening qo‘lingdan o‘lish yozilmagan - dedim biroz jilmayib
- albatta .. mening qo‘limdan o‘lmasliging mumkin. Ammo uning qo‘lidan o‘lishing aniq. To‘grimi azizim? - deb u ortiga o‘girildi
Ortimga qarasam.. menga qurol o‘qtalib turgan Shohruzni ko‘rdim..
Hayrat alam sevinch sadoqatsizlik xiyonat .. hammasi bir vaqtda sodir bo‘lsa inson qay ahvolga tushardi. Men xuddi shu ahvolda edim..
- Shohruuuzz.. - ovozim o‘zimga zo‘rg‘a eshitildi..
- kutmaganmiding.. nima deb o‘ylaganding o‘zi? Shohruzdek yigit sendek shaharlik tannozni yoqtirib qolgan debmi? - qah qah otib kuldi Dilu
- Mari.. sen bugun o‘lasan yagonam.. zavqli o‘tgan 1 oylik qo‘g‘irchoqliginga rozi bo‘l - deb Shohruz ko‘zini qisdi va ayyorona jilmayib qo‘ydi
Shu on kollej portlab ketdi. Kuchli yer silkinib Shohruz va Dilu yiqilib tushdi.
Men paytdan foydalanib qochdim. ..
Qadrli kundaligim... hayotim havf ostida.. yana qachon sen bilan dardlasharkinman bilmayman. Ammo endi xiyonatkor soxta insonlardan qasos olmagunimcha yashashga majburman...
Qadrligim kundaligim...
Qochardim. Ortimdan soxta niqob kiygan yaqinlarim quvlab kelishyapti. Qôlimdagi makarov tópponchasi hamon xiyonatkorlaring qoniga tashna..
Kollejning parcha parcha bólgan devorlari orasiga yashirindim.
- Mari. Jonginam qayerdasan? Yashirinishdan foyda yôq.. biz ikki kishimiz sen esa yolg‘izsan - dedi Dilu baqirib
- ASLO!! Aslo Marjona Malikovani yolg‘iz deya ko‘rma - degan jonajon akamning ovozi eshitildi.
Yashiringan joyimdan qarasam akam odamlari bilan atrofni o‘rab olgan, quroli bilan Dilrabo Jahongirovani nishonga olib turardi..
- darhol undan qurolingni ol! - deb qayoqdandir paydo bo‘lib qolgan Shohruz ortimdan qurol tiradi
Akam ikkilanib qoldi. Bir tomonda dushman ikkinchi tomonda singlisi.. akamni ikkilanishiga yo‘l qo‘ymayman..
Tirsagim bilan Shohruzni qorniga ayamay soldim.. u quroli bilan qornimga otib yubordi. Men esa bor kuchim bilan uni soxta hech narsaga arzimas yuragiga otdim..
Ortimga qarasam akam ham Jahongirovlarning yagona qiz farzandining oyog‘iga otgan ekan. Ahvolim yomon bo‘lsada, har bir qadamimni qiynalib bossam ham uning oldiga bordim.
Qo‘limda sovuq qurol..
Dilu menga nafrat ko‘zlari bilan qarab turardi. Men unga g‘oliblardek jilmayib qaradim va peshonasidan darcha ochdim..
***
Hozir shifoxonadaman. Qadrli kundaligim.. manashu voqeadan keyin hayotim butunlay o‘zgardi. Endi bezorilik qilmayman..