Get Mystery Box with random crypto!

#Mukammal_saodat_yoʻli Axloqni sayqallash yo‘li. Agar bada | 𝐈𝐛𝐫𝐚𝐭𝐥𝐢 𝐬𝐡𝐞'𝐫𝐥𝐚𝗿 | 𝐈𝐪𝐭𝐢𝐛𝐨𝐬𝐥𝐚𝐫

#Mukammal_saodat_yoʻli

Axloqni sayqallash yo‘li.

Agar badan sog‘lom bo‘lsa, uning sog‘ligini saqlash, agar u bemor bo‘lsa, sog‘lig‘ini tuzatishga harakat qilish
tabibning vazifasi bo‘ladi.
Shuningdek, nafsda pokizalik sayqallangan bo‘lsa, uni saqlab, yanada baquvvat qilish payidan bo‘linadi. Agar barkamol bo‘lmasa, unga barkamollikni jalb qilish lozim bo‘ladi.

Xusni xulqning alomatlari.

Husni xulq, ya’ni chiroyli xulq mo‘minlarning bir qancha sifatlarining majmuasidan iborat.
Alloh taoloning O‘zi ularni mazkur sifatlar ila sifatlagan. Kim o‘zida ana shu sifatlarni topmasa, ularni topishga jiddiylik ila harakat qilmog‘i lozim bo‘ladi.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. "Mukammal saodat yo‘li" kitobidan