Get Mystery Box with random crypto!

Hijobga ota-onam ruxsat berishmaydi... Avval naqliy,keyin aql | ❄️Aʀᴍᴏɴ ᴍᴀɴᴢɪʟɪ...❄️

Hijobga ota-onam ruxsat berishmaydi...

Avval naqliy,keyin aqliy ma'lumot keltiriman:

"Bas,sizlarga men tomondan hidoyat kelganida,kim mening hidoyatimga ergashsa,yo'ldan ozmas va baxtsiz bo'lmas.Kim mening eslatmamdan yuz o'girsa,bas,albatta uning uchun tang-baxtsiz hayot bo'lur va biz uni qiyomat kunida ko'r holda tiriltirurmiz"

Toha:123-124

"Kim Allohga va uning Rasuliga osiy bo'lsa batahqiq,ochiq adashishla adashibdi".
Ahzob:36

"Holiqqa ma'siyatda,maxluqqa itoat yo'q"

(c) Rasululloh sollallohu alayhi vasallam.

Ya'ni Alloh taolo uchun qilindigan amaldan sizni olib qochishga urunishsa siz ularga itoat etmaysiz.

Keling,endi sizga holatingizni aytaman:
•Siz Osiyo bint Mazohim holatidamisiz?"Allohdan boshqa iloh yo'q"degani uchun qo'llarini mixga qo'qib qo'yilgan?
•Siz Bilol ibn Raboh* holatidamisiz?"Ahadun ahad"deganingiz uchun odamzod ko'tarolmaydigan toshni ko'ksingizga qo'yib qo'yilgan?
•Siz Zubayr ibn Avvom* holatidamisiz?"Muhammad* Allohning Rasuli"deganingiz uchun nafasingizni qisib qo'yishgan?
•Siz Abdulloh Ma'sud*holatidamisiz?Qur'on o'qiganingiz uchun o'ldirib qo'yay deb kaltaklangan?
•Siz Abu Zarr*holatidamisiz?Diningizni baralla aytganingiz uchun do'pposlangan?
•Siz qanday holatdasiz?E'tibor bering,tepadagi insonlar kurashgan.Ular ham sizdan battar azob chekishgan.Ammo,meni qiynashadi,meni o'ldirib qo'yishadi deb Allohga osiylik qilishmagan!

Ayting,nima qila olishadi hijobga qarshi insonlar?
Ular kimga qarshi?siz kim bilansiz,siz kim tomonga qarab yugurmoqdasiz?
18ming olamni yaratib qo'ygan,aqllar idrok qilolmaydiga Robbil A'lamiyngami?U siz bilan bo'lsa kim nima qila oladi?Butun dunyo bo'lib kelishmaydimi Alloh "bo'l"desa hammasi yo'q bo'lib ketadi.


Siz asl hijobga oson erishiladi deb o'ylaganmidingiz?
Hijob shunday bir tog'ki,unga sinovlar ila erishiladi.Har bir amalni mashaqqati bor.Namoz uchun tahorat,ro'za uchun ochlik,zakot uchun moddiyat,haj uchun badaniy amal...hijob uchun kurash! Alhamdulillah deng,sizni Alloh sinov ila o'z huzuriga yaqinlashtirmoqda.
Nimaga menda unaqa bo'layapti?Nimaga boshqalar hijoblansa hech kim qarshilik qilmaydi?deb savol berayapsiz.Biling,iymonga yarasha sinov keladi.Sinov orqali iymon baquvvat,komil bo'ladi.Alloh eng sevgan bandalariga sinov beradi.Eng mahbub banda bo'lmish Rasulim sollallohu alayhi vasallam hayotlariga boqing.Alloh ularni qanchalik yaxshi ko'radi,ammo qancha musibatga chidadilar.Alloh uchun oson bitta bo'ron keltirib mushriklarni yo'q qilish.Lekin,sinov orqali Alloh bandalariga ajr,martaba berdi.Siz ham shular qatoridasiz.Siz ayni paytda ikki yo'l o'rtasidasiz:
•Yo Alloh tomon bir qadam tashlaysiz.
•Yo shayton tomon.

Ixtiyor sizda.Siz ro'mol o'rasangiz qo'rqamang.Agar kallangizni olishsa ham g'alaba sizniki baribir.Oxiratda zafar tarafdasiz.Agar siz yengilsangiz va shu holatda o'lib qolsangiz qabrga tushasiz,siz o'rningizga ota onagizni javobgar qila olmaysiz...


Erga teysam,instga kirsam hijob o'riyman...

Kim aytdi sizga erga teyishingizni yoki Institutga kirishingizni?5 soniyadan keyin suv tiqilib o'lib qolishingiz mumkinku!Siz hijobni erga teyish uchun kechiktirayapsizmi?Alloh sizni bu osiyligingiz uchun turmushingizni cho'zsachi?
Institutga kirolmasagizchi?Bu yil,keyingi yil va umuman!Nima qilasiz?

Bularni bari dinda bahona deyiladi!

Istasangiz,ixlos bo'lsa hoziroq hijoblanib kurashar edingiz!

Kiymim yo'q..

Men bir qizni bilaman ikki dona ro'moli bilan hijoblangan.Hozir bor shkaf kiymi,ko'plab ro'mollari bor.Barchasi g'oyibdan hadyalar orqali kelgan.Siz tavakkul qiling,sizni Robbim zoye qilmaydi.Faqat ozgina chidashni ham bilingda!

Uydan tepib haydavorishsa,qarindoshingiznikida turing.Boshingizdan ro'molingizni yulib olishsa yana qayta o'rab oling.Oq qilishadigan daraja bo'lsa oq bo'lmaysiz dinda o'tmaydi bunday oq qilish!

Yana qanaqa bahona qoldi a?o'zingizni aldab yuribsiz.Qorni och odam borib tuproq bo'lsa ham yeydi.Shijoati bor odam Robbisi tomon yugurganida maxluq*chalar ko'ziga ko'rinmaydi!


*Sollallohu alayhi vasallam
*Roziyallohu anhu
*Maxluq-Alloh yaratgan jamiyki narsa.