Get Mystery Box with random crypto!

Ertaga 8-iyul Arafa kunida kim ro'za tutadigan bo'lsa... Abu | Ibratli_uz

Ertaga 8-iyul Arafa kunida kim ro'za tutadigan bo'lsa...

Abu Qatodadan rivoyat qilinishicha, Nabiy sallallohu alayhi va sallam: “Allohdan umid qilamanki, Arafa kuni ro‘zasi o‘tgan yilgi va kelgusi yildagi (gunohlarga) kafforat bo‘ladi!” deganlar (Muslim, Termiziy, Ibn Moja, Ibn Xuzayma, Ibn Hibbon va Bayhaqiy rivoyati).
     Ushbu rivoyatda banda Arafa kuni ro‘za tutish bilan ikki yillik gunohlardan forig‘ bo‘lishi aytilmoqda. Bu ham mazkur kunda tutiladigan ro‘zaning naqadar fazilatli ekanidan dalolatdir. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning “umid qilaman”, deyishlari o‘sha ishning bo‘lishi aniqligini bildiradi. Ulamolar bu yerda kichik gunohlarning mag‘firat qilinishi nazarda tutilmoqda, deyishgan. Bu Ahli sunna val-jamoa mazhabining fikri. Katta gunohlar kechirilishi uchun tavba shartdir.

Ibratli_uz