FOYDАLI MАLHАM Malhamning nomi: Bugundan boshlab siqilmang! Tarkibi: «Laa ilaaha illa Аnta Subhanaka inniy kuntu minazzolimiyn». (Sendan oʼzga Iloh yoʼq, Sen poksan, albatta, men zolimlardan boʼldim.) Qoʼllash uslubi: Sajda qilgan holda oʼqilsa, taʼsiri aʼlo boʼladi. Taʼsir darajasi: «Bas, Biz uning (duosini) ijobat qildik. Unga gʼamdan najot berdik. Moʼminlarga shunday najot berurmiz» (Аnbiyo: 88 - oyat). Xos xususiyatlari: Boshqa dorilardan farq qiladi. Qalbga xotirjamlik bagʼshlaydi. Xafachilik, qoʼrquv, tashvish, asabiylikni ketkazadi. Isteʼmol qilish vaqti: Zulm, qahr, gʼamni sezganda qoʼllaniladi, natijada qalbdan hayot mashaqqatlarini siqib chiqaradi. Davolash muddati: Toʼxtovsiz aytilsa, inson faqat va faqat foyda koʼradi. Zarari haqida gap - soʼz boʼlishi mumkin emas. Muhim Eslatma: Bu malhamni boshqalarga ham isteʼmol qilishlarini tavsiya qilingiz va ulashsangiz, oʼzingizga foydasi tegadi. vuhayba 11 views MuhammadIso , 06:02