Get Mystery Box with random crypto!

Keling bugun maqol haqida gaplashamiz. Shunday bir maqol bor | IBRAHIM GULYAMOV

Keling bugun maqol haqida gaplashamiz.

Shunday bir maqol bor "Ko'rpaga qarab oyoq uzat"

Menimcha 10-15 yoshdagi yigitga to'g'ri keladigan maqol.

Chunki ko'rpa o'ziniki emas. Ular ota-onasining ko'rpasiga qarab oyoq uzatishi kerak bo'ladi.

Lekin 30-35 yoshga kirgandan keyin, o'z shaxsiy hayotiga, erki va o'z faoliyatiga ega inson uchun bu qanchalik to'g'ri kelishi mumkin?

Ya'ni qachongacha siz ota-onangizning ko'rpasiga oyoq isitmoqchisiz?

Balki oyog'ingizga qarab ko'rpa tiktirish vaqti kelmadimi?

Siz o'z hayotingizga o'zingiz egalik qilasiz. Hayotingizni o'zingiz xohlaganday qurishingiz mumkin.

Hayot davomida bunday ko'rpalarni almashtirib, o'zingizga moslab tiktirishingiz ham mumkin.

Izohlarda fikrlarimizni qoldiramiz.

@ibrahimgulyamov