Get Mystery Box with random crypto!

Yaxshi xodimni yo'qotmay desangiz... Statistikaga ko'ra, kad | IBRAHIM GULYAMOV

Yaxshi xodimni yo'qotmay desangiz...

Statistikaga ko'ra, kadrlar yo‘qolishining 20% i dastlabki 45 kun ichida sodir bo‘lar ekan.

Aytaylik siz, uzoq vaqt kuchli mutaxassis qidirdingiz, qiyinchilik bilan topdingiz.

Lekin u xodim birinchi kuniyoq ketib, ertasiga qaytib kelmadi.

Yoki 1 oy ish o'rganib, tajriba oshirib ketib qoldi.

Bunday muammolarga kompaniyangizda adaptatsiya bo'limi ishlamasligi, moslashuv jarayoni va korporativ madaniyat yo'qligi sabab bo'ladi.

Yuqoridagi muammolarni hal qilish bilan birga 69% xodimlaringizning taxminan 3 yil samarali ishlashiga erishish imkoniyati bor.

Buning uchun kompaniyangizda adaptatsiya bo'limini tashkil qilishni hozirdan boshlang.