Get Mystery Box with random crypto!

Tashkiliy tuzilma biznesda qanday tuziladi? Biznes bu - truba | IBRAHIM GULYAMOV

Tashkiliy tuzilma biznesda qanday tuziladi?

Biznes bu - truba. Yuqoridagi 1-rasmda trubadan suv yaxshi chiqmayapti. Bunga sabab, turli to‘siqlar borligi. Biznesda tashkiliy tuzilma bo‘lmasligi ham, biznesni xuddi shu ahvolga olib keladi (soqa kelishi sekinlashadi ) .

Tashkiliy tuzilma tayyorlangan va joriy etilgan korxonalarda bunday muammolar bo'lmaydi. Xuddi 2-rasmdagi kabi.

Keling biznesni 1-rasmdan 2-rasmga qanday o‘tkazishni va to‘siqlarni qanday qilib yo‘q qilish mumkinligini ko‘rib chiqamiz.

Biznesdan kelib chiqib kompaniyada qanday departament va bo‘limlar bo‘lishi kerakligini yozish va ularni YQM (Yakunlangan qiymatga ega mahsulot) qanday ekanligini belgilab olishingiz kerak.

Yaʼni u bo‘lim sizga nima uchun kerak? Va sizga qanday natija olib kelishi kerak?

Bo‘limlarga bo‘lib chiqqandan so‘ng, har bir bo‘lim va ish o‘rni uchun lavozim papkasi tuzib chiqiladi.

Lavozim papkasida asosan xodim nima qilishi, kimlarga bo‘ysunishi, uning bajarishi zarur bo‘lgan barcha ishlar va kerakli maʼlumotlar keltirib o‘tiladi.

Biznesda tashkiliy tuzilma ishlashi uchun muloqot liniyalari va tezkor oqim tizimini o‘rnatish muhim. Muloqot liniyalari orqali tizim mukammal va sifatli bo‘ladi.

1-rasmdagi muammo korxonada deyarli bo‘lmaydi. Ish vaqtida xodimda biror muammo paydo bo‘lsa, biznes egasiga emas tizimda shu ishga masʼul bo'lgan shaxsga bog‘lanishi kerakligini biladi.

Tashkiliy tuzilma - biznesda ishlarni to‘g‘ri taqsimlab, ishga tadbirkorlar aralashuvni maksimal kamaytiradi.

Kompaniyangiz tizimlashmagan bo‘lsa tizimlashtiring. Bo‘laklarga bo‘ling va boshqaring. O‘shanda o‘zingiz va oilangiz uchun vaqt ajrata olasiz.

P.S. Sizning biznesingizda 1-rasmdagidek to'siqlar ko'paymasligini xohlasangiz ro'yhatdan o'ting va kompaniyangiz uchun tashkiliy tuzilma tuzing:

clck.ru/sUw5D
clck.ru/sUw5D