Get Mystery Box with random crypto!

Maqsad Shu oyda bu yettinchisi ! Bugun yana bir tunni uyqusiz | Ibragimoff💡

Maqsad

Shu oyda bu yettinchisi ! Bugun yana bir tunni uyqusiz oʻtkazmoqdaman. Chunki , men uchun uyqu kunlik rejalarim tugagandan keyin boshlanadi. Bugun ham uxlamaganimni asl sababi ham shunda.  Qilinishi kerak boʻlgan ishlarim, bajarishim kerak boʻlgam vazifalarim bajarilmas ekan uyqu kutib turadi. Baribir hozir yotganim bilan oʻz oldimga qoʻygan maqsad rejalarim koʻz oldimdan ketmaydi va yana yoʻlning uzoqligi, bu ketishda ularga erisha olmasligimni ichki ovozim takrorlayveradi . Ularga erishish uchun koʻproq oʻz ustimda ishlashim kerakligini oʻylayman va oʻrnimdan turib ketaman. Bu holatlar avval ham boʻlgan lekin hozirgi bilan solishtirsa yer bilan osmonchalik farqi bor. Darslarimni tugatsam bu haqida yana yozaman...

17.04.2023
04 : 52

@ibragimoff_private