Get Mystery Box with random crypto!

DIQQAT KITOBXONMISIZ? DEMAK, USHBU POSTNI OXIRIGACHA O'QIM | iBooK.uz

DIQQAT

KITOBXONMISIZ? DEMAK, USHBU POSTNI OXIRIGACHA O'QIMASANGIZ BO'LMAYDI)))!!!


"Bir oyda bir kitob" loyihasiga yana start berilmoqda

Bu qanday loyiha deysizmi?

Endi siz har oy biz bilan bitta manfaatli kitob o'qishingiz va musobaqada qatnashib, g'olib o'laroq ajoyib sovg'alarga ega bo'lishingiz mumkin .

Tanlov to'rt bosqichda amalga oshiriladi:

Dastlabki bosqichda loyiha koordinatori (@Tirilish_menejer) ga murojaat qilib, ro'yxatdan o'tishingiz kerak;
Keyingi bosqichda tanlangan kitob yuzasidan har bir kitobxon taqriz yozib, muhokama kuni tugagunga qadar koordinatorga o'sha kitobning kreativ rasmi bilan yuborishi lozim;
Ushbu bosqichda ishtirokchilar @Biroyda_birkitob rasmiy guruhimizga kamida 5 nafar kitobxon do'stini taklif qilishi shart;
So'nggi bosqichda esa ishtirokchilar muhokamadagi kitob yuzasidan tuzilgan test savollariga javob yozishlari kerak bo'ladi. Test natijalariga ko'ra g'oliblar aniqlanadi.

Bunda :

Test savollariga eng birinchi bo'lib to'g'ri javob yo'llagan dastlabki olti ishtirokchi g'olib deb e'lon qilinadi.

G'oliblarga:

1–3–o'rin egalariga @iBook_uz do'konidagi kitoblar uchun 100 ming so'mlik vaucher;

4–5–o'rin egalariga esa loyihaning keyingi sonidagi muhokamaga qo'yiladigan kitobi

TAQDIM ETILADI!!!

Eslatma: Loyihamizning ushbu oyidagi soni uchun "Ibrohim Haqqul haqiqati" kitobi tanlandi!


"Bir oyda bir kitob" tanlovida ishtirok etishni istaganlar @BirOydaBirKitob_rasmiy sahifasiga a'zo bo'lishi talab qilinadi. Tanlov shu sahifada tashkil etiladi.


BIZ ILM BILAN FATH QILAMIZ!!!

@BirOydaBirKitob_rasmiy