Get Mystery Box with random crypto!

Ibrohim Haqqul Juda yaqin kunlarda nashriyotimizda 'Ibrohim H | iBooK.uz

Ibrohim Haqqul

Juda yaqin kunlarda nashriyotimizda "Ibrohim Haqqul haqiqati" nomli yangi ilmiy asar chop etiladi. Kitob muallifi koʻpchilikka tanish va hurmatli boʻlsa-da, biz shu inson hayoti haqida yana bir bor soʻz yuritishni joiz topdik.

Ibrohim Haqqul 1949-yil 28-martda Buxoro viloyati Shofirkon tumani Talija qishlogʻida ziyoli oilasida tugʻilgan. Buxoro davlat pedagogika institutini tamomlagan (1970).

1970-1972-yillarda “Shofirkon haqiqati” gazetasida boʻlim boshligʻi va muharrir vazifalarida ishlagan. 1972-yildan Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot institutida faoliyat yuritgan.

Ibrohim Haqqul 1976-yili “Oʻzbek adabiyotida ruboiy” temasida nomzodlik, 1995-yili “Oʻzbek tasavvuf sheʼriyatining shakllanishi va taraqqiyoti” mavzuida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
Uning “Oʻzbek adabiyotida ruboiy” (1981), “Uvaysiy sheʼriyati” (1982), “Badiiy soʻz shukuhi” (1987), “Zanjirband sher qoshida” (1989), “Sheʼriyat — ruhiy munosabat” (1989), “Abadiyat farzandlari” (1990), “Tasavvuf va sheʼriyat” (1991), “Kamol et kasbkim…” (1991), “Gʻazal sogʻinchi” (1991), “Ijod iqlimi”, “Mushohada yogʻdusi”, “Navoiyga qaytish” kabi 20 dan ortiq kitoblari bosilib chiqqan.

Shuningdek, Abdulhamid Choʻlponning “Bahorni sogʻindim” (1988), Xoja Ahmad Yassaviyning “Hikmatlar” (1991) majmuasini, Sayfiddin Rafiddinov bilan hamkorlikda “Boqirgʻon kitobi” (1991), “Meʼrojnoma” (1995) kabi asarlarni oʻquvchilarga yetkazgan.

Olim va ijodkor 2022-yil 28-iyun kuni Boysun shahrida vafot etgan.

| Manzil: Chilonzor, Shuhrat chorrahasi

Telegram | Instagram | Facebook | TikTok