Get Mystery Box with random crypto!

Tirilish nasli — qalbimiz tubidan chop etilgan asar iBook loy | iBooK.uz

Tirilish nasli — qalbimiz tubidan chop etilgan asar

iBook loyihasi va "Tirilish" nashriyoti doirasida chop etilgan va etilayotgan kitoblarimizning har biriga alohida eʼtibor va qiziqish bildiriladi. Avvalo oʻzimizga manfaat bera olgan kitoblarni boshqalarga taqdim etamiz. Ammo kitoblarimiz orasida "Tirilish nasli" alohida yuk bosadi, bu asarni jamoaning har bir aʼzosi intiq kutdi, sevib oʻqidi. Asar chop etilishining oʻzi ham alohida tarix.

"Tirilish nasli" Abdukarim Mirzayev tomonidan barcha musulmon oʻqishi kerak deb qattiq tavsiya qilingan uch kitobdan biridir. Loyiha muallifi Amirxon Valijonov Turkiya safari davomida Abdukarim Mirzayev bilan suhbatlashgan edi va kitob ustida ishlash, uni oʻzbekchalashtirish jarayoni shu kunning oʻzidayoq boshlangan. Oradan 8 oy oʻtib, asar kitobxonlar qoʻliga yetganidan bagʻoyat mamnunmiz.

Barchangiz ushbu asarni oʻqishingizni yana bir bor qattiq tavsiya etamiz.

Barchangizning Tirilish nasli vakili boʻlishingizni tilab,
iBooK.uz jamoasi