Get Mystery Box with random crypto!

'iBook Stipendiyasi' tanlovining final bosqichi yakunlandi Bu | iBooK.uz

"iBook Stipendiyasi" tanlovining final bosqichi yakunlandi

Bugun iBook.uz va Oliygoh.uz loyihalari hamkorligida bir necha bosqichda tashkil etilgan "iBook stipendiyasi" tanlovining final bosqichi boʻlib oʻtdi.

Ikki bosqichdan oʻtgan ishtirokchilar finalda "Asrga tatigulik kun" asariga taqriz yozishlari kerak edi. Taqrizlar 2 hafta ichida koʻrib chiqilib, natijalar eʼlon qilinadi.

Tanlov "Yuksalish" liderlar akademiyasining Yashnobod fillialida boʻlib oʻtdi. Finalda 136 talaba ishtirok etdi. Ulardan 50 nafari gʻolib deb topilib, 20 nafar gʻolibga 1 mln soʻmdan pul mukofoti, 30 nafar gʻolibga esa kitoblar uchun 500 ming soʻmlik vaucherlar taqdim etilishi koʻzda tutilgan.

Biz bu loyiha orqali kitobxonlikni targʻib etishga hissa qoʻshish hamda kitobxon talabalarni ragʻbatlantirishni niyat qilgan edik va bundan baxtiyormiz. Tanlovda ishtirok etgan barchaga minnatdorchilik bildiramiz, hech qachon kitob oʻqishdan toʻxtamang!

BIZ ILM BILAN FATH QILAMIZ!


Telegram | Instagram | Facebook | TikTok