Get Mystery Box with random crypto!

​#Asardan_parcha Tarix har mavzuda davomiydir va u dunyo ha | iBooK.uz

#Asardan_parcha

Tarix har mavzuda davomiydir va u dunyo hayotining tamalidir. Eʼtiqodsizlik davom etgani kabi eʼtiqod ham davom etib boradi va davom etib bormoqda ham. Aslida, eʼtiqod bu asos, eʼtiqodsizlik esa unga bir reaksiya, bir qarshi nuqtadir. Haqiqatan, ilk insondan buyon oʻq oʻz nishonini topgan. Eng buyuk nishon paygʻambarlardir. Men bunga ishonaman. Bir tirilish eri sifatida, kelajakning yagona shahri tirilish markazining qurilishi uchun tosh tashuvchi, gʻisht qalovchi bir inson sifatida, ularning izidan borishdan boshqa bir erlik va quruvchilik yoʻqligiga ishonaman. Ha, biz tirilish erlari, soʻnggi paygʻambarning bayrogʻi ostiga sigʻinamiz. Bu bayroqni yerga tushirmaslik vazifamiz, borligʻimiz hikmatidir. Bu bayroq Allohga ishonch bayrogʻidir. Bu bayroq insonning butlar qarshisida bosh egmasligi, ularni yakson qilishi, insonning inson yoki buyum oldida ezgin, tuban holda turishga sabab boʻlgan holatini yoʻq qiluvchi, insonni haqiqiy ozodlikka va taslimiyatga yetkazuvchi haqiqat tugʻidir.
Tirilish — Biz ilm bilan fath qilamiz.