Get Mystery Box with random crypto!

#sotuvda «Abu Hanifa omonat jonni topshirish vaqti yetib kel | iBooK.uz

#sotuvda

«Abu Hanifa omonat jonni topshirish vaqti yetib kelganini anglagach, yotgan joyidan boshini asta koʻtardi. Unga qarab yigʻlayotgan doʻstlariga qarab kulimsiradi. U hech azob chekmayotgandek, nihoyatda yengil va mehrli ovozda: Meni zoʻrlab qoʻlga olinmagan yerlarga dafn qilinglar, deb pichirladi. Soʻng qoʻllarini koʻksiga bogʻladi. Koʻzlarini yumdi, qurib qolgan dudoqlaridan “Kalimayi shahodat” toʻkildi. Chuqur nafas oldi va koʻksiga bogʻlangan qoʻllari asta ochilib, ikki yonga tushdi».

«Oʻlimga kulib boqqan odam» ilmini pulga va mansabga sotmagan olim — Abu Hanifaning sharafli hayot yoʻli haqida hikoya qiladi. Ushbu muborak kunlarda buyuk insonlar hayotini oʻrganing, mushohada eting. Alloh sizning ham shuuringizga ularning sifatlarini jo etsin.

Muallif: Sa'dulloh Oydin
Muqova: yumshoq
Sahifalar soni: 90
Narxi: 15.000

Murojaat uchun: @iBook_Uzbekistan
Manzil: Chilonzor, Shuhrat chorrahasi

Telegram | Instagram | Facebook | TikTok