Get Mystery Box with random crypto!

​​Marketing borasida bir shingil SMM, Kopirayting kabi zamona | iBooK.uz

​​Marketing borasida bir shingil

SMM, Kopirayting kabi zamonaviy kasblarga talab oshib borgani ortidan, bu sohani o‘rganishga xohish-u daʼvatlar ham yetarlicha ortmoqda. Ammo, marketolog bo‘lib nimanidir xaridorga yetkazish uchun so‘zamollik va "bozorchi"likning o‘zi kifoya emasligi unutmaslik lozim. Bugunning xaridori kechagidan ziyrak, kechagidan zukko va ko‘proq bilimga ega. Shunday ekan, ularni jalb qilishni o‘zi bo‘lmaydi.

Bugungi kun xaridoriga sotuvchining marjondek terilgan chiroyli so‘zlaridan ko‘ra, o‘rtog‘ining mahsulot haqidagi "e bo‘masakan bu" degan fikri 4 karra kuchliroq taʼsir o‘tkazadi. Mahsulot reklamasida kopirayterning sanʼat darajasidagi taʼrifini uning ostiga yozilgan birgina “yaxshi emas ekan” degan izoh yo‘qqa chiqara oladi.

Vaziyatni o‘z sohamizda tahlil qilib ko‘ramiz. Faraz qilaylik, @iBook_uz loyihasida maʼlum bir kitob chop etildi. Biz bor mahoratimiz bilan kanalda kitobni qanchalik reklama qilmaylik, Facebookdagi "Kitobxonlar davrasi"da ikki marta salbiy maʼnodagi taqriz o‘qisangiz, o‘sha kitobni sotib olish xohishingiz yo‘qoladi. Kamiga, "iBook"dagilar yolg‘on reklama qilibdi, deb brend nomini ham qora ro‘yxatga tushirasiz.

Bu holatni iqtisodchi Filip Kotler o‘zining "Marketing 4.0" asarida batafsil yoritib o‘tadi. Muallif vaziyatni uchta "F" omili bilan tavsiflaydi. Yaʼni, bugungi kunda xaridorga marketing kampaniyalaridan ko‘ra F omillar (Friends, family, followers) — do‘stlar, oila va ijtimoiy tarmoq obunachilari ko‘proq taʼsir o‘tkaza oladi.

Xulosa qilib aytganda, marketolog, kopirayter bo‘lish uchun reklamaning chiroyli shablonlari-yu, odatiy anʼanalarini o‘rganishdan tashqari yuqoridagi kabi taʼsir yo‘nalishlari va omillarni o‘rganib chiqib, shunga mutanosib tarzda ish yuritish lozim va lobid.

“Marketing 4.0” asari loyihamiz doirasidagi tarjima asardir.
Muqova — yumshoq.
Narxi — 25.000


Telegram | Instagram | Facebook | TikTok